Prezident Administratsiyasi rahbari lavozimi tugatildi. Prezident matbuot xizmati xabariga köra, prezidentning tegişli farmoni bilan Prezident Administratsiyasi rahbari lavozimi tugatildi hamda Administratsiyaning tuzilmasiga bir qator özgartirişlar kiritildi.
Mazkur lavozimda faoliyat yuritgan Sardor Umrzoqov Özbekiston Prezidentining maxsus topşiriqlar böyiça maslahatçisi lavozimiga tayinlandi. Şu munosabat bilan u Prezidenti Administratsiyasi rahbari lavozimidan ozod etildi.
Şuningdek, prezident farmoyişi bilan Sunnatulla Bekenov Prezident Administratsiyasi rahbarining yordamçisi lavozimidan, Furqat Rahimov Prezident Administratsiyasining Ijro etuvçi apparati tahliliy materiallarni tayyorlaş va Administratsiya bölinmalari faoliyatini muvofiqlaştiriş şubasi mudiri lavozimidan ozod etildi.
Bundan taşqari, Prezident Administratsiyasida quyidagi lavozimlar tugatildi:
- Administratsiya rahbarining hududlardagi yordamçilari lavozimlari;
- Administratsiya rahbarining hududlardagi yordamçilari kotibiyatlari;
- Prezident Administratsiyasining Administratsiya rahbarining hududlardagi yordamçilari kotibiyatlari faoliyatini muvofiqlaştiriş şu’basi.













