11 avgust kuni Rossiya muxolifati yetakchisi Aleksey Navalniyning saytida siyosatchi ekstremizmda ayblanib, 19 yillik qamoq jazosiga hukm qilinganidan keyingi ilk bayonoti e’lon qilindi. «Mendagi qo‘rquv va nafrat» deb nomlangan matnda muxolifatchi Rossiyadagi muammolar ildizi 90-yillarga borib taqalishini aytgandi.

Bu matn shov-shuvga sabab bo‘ldi. Unda keltirilgan ba’zi odamlar ayblovlarni o‘ziga oldi, ba’zilar esa matnni Navalniy yozganiga ham shubha bildirdi. Quyida Navalniyning manifesti haqidagi ayrim postlar keltiriladi.

Kirill Martinov

«Novaya gazeta Yevropa» gazetasi bosh muharriri

Men «Biznikilar» harakatida qatnashmaganman. Gazeta bosh muharriri Dmitriy Muratov. Shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurash fondi (FBK) surishtiruvi figurantlarini himoya qilganim ham yo‘q. «Aleksey Navalniyning xati»ni yozayotgan mualliflardan ma’lumotlarni tekshirishda ehtiyot bo‘lishini so‘rayman. Mahbusning gapi bu – tvitterdagi post emas.

Grigoriy Golosov

Sankt-Peterburg Yevropa universiteti siyosiy fanlar fakulteti dekani

Rossiyani demokratlashtirish 90-yillardagi harakatlar sabab orqaga keta boshlaganiga qo‘shilaman. O‘sha vaqtdagi harakatlarning o‘zi hokimiyatni saqlab qolishga qaratilgan, bu orqali esa tezda boyish maqsad qilingandi. Tuzum islohot nomi ostida noxolis huquqiy asossiz joriy qilingandi. Bu voqealardan qilinadigan xulosa nima bo‘ladi? Albatta, bu xatolarni takrorlamaslik. Va bir narsani unutmaslik kerakki, agar bu xatolar kelajakda takrorlanadigan bo‘lsa, uni o‘sha 90-yillardagi kabi odamlar takrorlaydi, mutlaqo yangi odamlar esa unga qarshi immunitetga ega bo‘ladi.

Tatyana Malkina

jurnalist

O‘zimni qo‘lga oldim-da qisqa iqtiboslar bilan cheklanmadim va mamlakatdagi asosiy siyosiy mahbus iqrorini to‘liq o‘qib chiqdim. Bu uning ahmoqona hukmdan keyingi shaharga va dunyoga ilk chaqiruvi. Mutaxassis emasman, lekin menimcha, bu matnni uning o‘zi yozmagan. Yoki boshqacha: agar o‘zi bo‘lsa, oldingi matnlarini u yozmagan. Men matn ma’nosi haqida gapirmayapman, buni Bobkovning o‘zi boplab tekshirtirsa kerak. Nima bo‘lgan taqdirda ham barcha siyosiy mahbuslar ozod qilinishini talab qilaman.