Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Vengriyada yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatini tomosha qildi
Davlat rahbari rasmiy tashrif doirasida ko‘plab xorijlik hamkasblari bilan suhbatlashdi.
Budapesht shahrida o‘tayotgan yengil atletika bo‘yicha jahon chempionati bahslarini O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham tomosha qildi.
Rasmiy tashrif doirasida Vengriyada bo‘lib turgan davlat rahbari erkaklar o‘rtasida 100 metr masofaga yugurish bo‘yicha final bahsini kuzatdi.

Shuningdek, prezident Qatar amiri Tamim bin Hamad Ol Soniy, Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich va Tatariston raisi Rustam Minnixanov bilan suhbatlashdi.
Ikki tomonlama amaliy hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.


Yengil atletika bo‘yicha XIX jahon chempionati Budapesht shahrining Yengil atletika milliy markazida 19 avgust kuni boshlangan bo‘lib, 27 avgustgacha davom etadi. Medallar sportning 49 turi bo‘yicha, shu jumladan erkaklar va ayollar o‘rtasida 24 tadan yo‘nalishda hamda aralash estafetada o‘ynalmoqda. Musobaqalarda 190 dan ziyod mamlakatdan 2 ming nafardan ortiq sportchi qatnashmoqda.
Chempionatda O‘zbekistondan 5 nafar atletimiz sportning balandlikka sakrash, uch xatlab sakrash, uzunlikka sakrash, yettikurash va marafon kabi turlarida kuch sinashmoqda.
G‘oliblar hamda olimpiya normativlarini bajargan sportchilar 2024 yilda Parij shahrida bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.

Mavzuga oid
09:00 / 16.06.2026
Vengriya parlamenti bosh vazir lavozimida bo‘lish muddatini chekladi
08:58 / 04.06.2026
Ukrainaning YeIga a’zo bo‘lishi yo‘lida muhim qadam tashlandi
18:06 / 27.05.2026
Vengriya parlamenti Xalqaro jinoiy suddan chiqish jarayonini to‘xtatdi
09:44 / 23.05.2026