Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti o‘tkaziladigan vaqt va joy belgilandi
Qozog‘istonning Turkiston shahri noyabr oyida sammitga mezbonlik qiladi.
Turkiy davlatlar tashkilotiga (TDT) a’zo davlatlar rahbarlarining navbatdagi sammiti 2023 yil 3 noyabrda Qozog‘istonning Turkiston shahrida o‘tkaziladi.
Bundan oldin, 2 noyabrda TDT a’zo mamlakatlari tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yilda TDT sammiti Samarqandda bo‘lib o‘tgan edi.
Turkiy davlatlar tashkilotiga Ozarboyjon, Qozog‘iston, Turkiya, O‘zbekiston va Qirg‘iziston a’zo. Vengriya, Turkmaniston va mustaqilligi tan olinmagan Shimoliy Kipr kuzatuvchi maqomiga ega.
Mavzuga oid
20:26 / 25.06.2026
To‘qayev internetdagi ko‘zbo‘yamachilik va «oson pul» madaniyatini qoraladi
19:57 / 24.06.2026
O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari telefon orqali muloqot qildi
10:25 / 24.06.2026
To‘qayev va YeI yetakchilari hamkorlikning yangi bosqichini boshladi
08:53 / 23.06.2026