Chandrayan 3 missiyasi 2023 yil 14 iyul kuni Satish Dhavan kosmik markazidan uchirilgan edi. Foto: ft.com

«Chandrayan»dan bor-yo‘g‘i 100 km narida qo‘nishi lozim bo‘lgan va bir-ikki kun avval Oy sirtiga borib urilgan ruslarning «Luna-25» apparatidan farqli o‘laroq, hindlarning missiyasi imkoniyati avvaldan yuqori baholanayotgan edi.

Bir tomondan, hanuz Oyning janubiy qutbida hech kim apparatni muvaffaqiyatli qo‘ndira olmagan. Boshqa tomondan, qo‘nish hindlarning Oy orbitasida bo‘lib turgan «Chandrayan-2» apparati yordami bilan o‘tkazilgan. Bu esa qo‘nish parametrlaridan biri kutilmaganda sakrab ketsa, hisobiy trayektoriyaga zarur o‘zgartirishlarni kiritish imkonini bergan.

Oy missiyasiga omad tilayotgan hindistonlik bolalar.

Oddiyroq qilib tushuntirganda so‘nggi onlarda kutilmaganda nimadir ro‘y bersa (odatda shunday bo‘ladi), olimlarda apparatni barqarorlashtirib, qo‘nishni davom ettirish imkoniyati bor edi. 

Bu «Chandrayan» — hindlarning uchinchi uchirishi va Oy sirtiga qo‘nish uchun ikkinchi urinish va dastlabki muvaffaqiyat. Foto: skyandtelescope.org

Ma’lum qilinishicha, apparatlar o‘rtasida ikkitomonlama aloqa o‘rnatilgan. Oy orbitasida turgan birinchi «Chandrayan» allaqachon Oy sirtiga yo‘l olgan uchinchi apparatga «Welcome, buddy!» («Xush kelibsan, og‘ayni!») degan signalni jo‘natgan va xabar olingani haqida tasdiqni ham qabul qilgan.

Missiyaning muvaffaqiyati Hindistonda avvaldan yuqori baholanayotgan edi. Ayrim restoranlar muvaffaqiyatli qo‘nishni avvaldan nishonlashga chorlashgan. Foto: EPA

Tarkibiga «Prag’yan» Oyda yuruvchi apparati ham qo‘shilgan qo‘nish missiyasining foydasiga bir necha omillar rol o‘ynamoqda.