Ukrainadagi urushning 551-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Ukraina mudofaa vazirligi Zaporijjya oblastidagi Rabotine qishlog‘i ozod etilganini tasdiqladi. Bu yerda Rossiya armiyasining Orixiv yo‘nalishidagi asosiy istehkomlaridan biri barpo etilgandi.
  • Rossiya qo‘shini Poltava oblastining Gogolevo qishlog‘iga zarba yo‘lladi. Uch kishi halok bo‘lgan, besh kishi yaralangan, yana bir kishi bedarak yo‘qolgan.
  • RF FXX AQShning Vladivostokdagi bosh konsulxonasining sobiq xodimi qo‘lga olinganini ma’lum qildi. Uni «maxsus harbiy amaliyot va safarbarlik to‘g‘risida» ma’lumotlar yig‘ishda gumonlashmoqda.
  • Ukrainaning anneksiya qilingan hududlarida uy bekalari, seriyali nomzodlar (ya’ni avval boshqa joylarda nomzodini qo‘ygan, ammo hech qayerda deputat lavozimini egallamaganlar) va urush ishtirokchilari deputatlikka nomzodlar sifatida ko‘rsatilmoqda, deya xabar bergan «Vajniye istorii» va Conflict Intelligence Team tadqiqot guruhi.

Poltavadagi vayron bo‘lgan zavod

Poltava oblasti Gogolevo qishlog‘idagi o‘simlik moyi ishlab chiqariladigan zavoddagi qutqaruvchi va o‘t o‘chiruvchilar, zavod 28 avgustga o‘tar kechasi rossiyalik harbiylar tomonidan o‘qqa tutildi. Ukraina IIVning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, uch kishi halok bo‘lib, besh kishi jabrlangan, bir kishi bedarak yo‘qolgan.
Ukraina prezidenti ofisi rahbari Andrey Yermakning Telegram-kanali / Reuters

Front bo‘yidagi Avdiyivka shahri hayoti — u okkupatsiya ostidagi Donetskka yo‘ldosh shaharlardan biri

«Oq farishtalar» maxsus bo‘linmasi vakillari bo‘lgan politsiyachilar Volodimir va Dmitro Avdiyivkada yashovchi kishilardan biri bilan o‘z joniga qasd qilgan keksa yoshli kishi jasadini olib ketishmoqda. Mahalliy politsiyaga ko‘ra, bu Avdiyivkada so‘nggi ikki hafta ichida ikkinchi shu kabi holat bo‘ldi. «Oq farishtalar» — harbiy harakatlar hududidagi tinch aholi vakillariga insonparvarlik yordamlari yetkazib berish, bu hududlardan tinch aholi vakillari, shuningdek halok bo‘lganlarning jasadlarini olib chiqish bilan shug‘ullanuvchi politsiyachilar ekipaji hisoblanadi.