Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Domodedovoga uchgan Uzbekistan Airways’ning uchta reysi zaxiradagi aeroportlarga qo‘ndi
Uzbekistan Airways’ning uchta samolyoti Domodedovo xalqaro aeroporti havo hududi yopilgani sababli Moskvaga qo‘na olmay, zaxiradagi aeroportlarga yo‘naltirildi.
Moskvadagi Domodedovo xalqaro aeroportining havo hududi yopildi. Bu haqda Uzbekistan Airways xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, shu sababli Uzbekistan Airways’ning quyidagi aviaqatnovlari zaxiradagi aeroportlarga yo‘naltirilgan:
HY611 reysi Samara xalqaro aeroportiga;
HY 9615 reysi Qozon xalqaro aeroportiga;
HY 9613 reysi Sankt-Peterburg xalqaro aeroportiga.
Moskvadagi Domodedovo xalqaro aeroportiga uchgan va «To‘liq yopiq osmon» rejimi joriy etilishi munosabati bilan zaxiradagi aeroportlarga yo‘naltirilgan barcha havo kemalari muvaffaqiyatli qo‘nishni amalga oshirdi.
Mavzuga oid
11:35 / 11.02.2026
Toshkentga uchgan samolyotlar Samarqand va Bishkekka qo‘nishga majbur bo‘ldi
15:10 / 03.02.2026
UzAirways yo‘lovchilari reysga kechikkanda, qaytish chiptasi bekor qilinmaydigan bo‘ldi
08:40 / 03.02.2026
2026 yildan Uzbekistan Airways va Uzbekistan Airports nosohaviy xarajatlarni moliyalashtirmaydi
20:55 / 29.01.2026