Taşabbusli budjetlaştiriş jarayonlari doirasida budjet taşkilotlarining rahbarlari tomonidan xodimlarni ovoz yiğişga majburlanişi taqiqlanadi. Bu haqda Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligi eslatdi.
«Taşabbusli budjetlaştiriş amaliyotini yanada takomillaştiriş hamda faol mahallalarni qöllab-quvvatlaş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarorning 6-bandiga binoan, xodimlarni ovoz töplaşga majburlaş - majburiy mehnatga jalb qiliş sifatida tasniflanadi», deyiladi xabarda.
Şu bilan birga, Mehnat kodeksining 5-moddasiga asosan majburiy mehnat taqiqlangan.
Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 51-moddasiga muvofiq, majburiy mehnatga yöl qöygan mansabdor şaxslarga bazaviy hisoblaş miqdorining 50 baravaridan 100 baravarigaça miqdorda jarima solinişiga sabab böladi, xuddi şu harakat takroran yoki voyaga yetmagan şaxsga nisbatan sodir etilsa, Jinoyat kodeksining 148²-moddasiga köra jinoiy javobgarlik belgilangan.
«Oçiq budjet» loyihalari uçun ovoz beriş jarayoni 2023 yil 26 avgustdan boşlandi va 15 sentabrga qadar davom etadi.

















