Jahon | 08:51 / 02.09.2023
9140
3 daqiqa o‘qiladi

AQSh: Ukraina janubiy yo‘nalishda sezilarli siljishga erishdi

G‘arb maxsus xizmatlari so‘nggi kunlarda Ukraina Qurolli kuchlarining qarshi hujumi muvaffaqiyati fonida «ehtiyotkor optimizmga» ega, deb yozadi OAV.

Foto: Gian Marco Benedetto/AA/picture alliance

AQSh ma’muriyati so‘nggi uch kun ichida Ukrainaning qarshi hujumida «sezilarli siljish»ni qayd etdi, dedi 1 sentabr, juma kuni Oq uyning Milliy xavfsizlik kengashi (MXK) strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi. «O‘tgan 72 soat ichida biz Ukraina Qurolli kuchlari janubiy yo‘nalishda, Zaporijjya viloyatida hujum uyushtirgan holda sezilarli yutuqlarga erishganini ko‘rdik. Ular hozir Rossiya mudofaasining ikkinchi chizig‘iga qarshi ma’lum yutuqlarga ega», - dedi Kirbi. Uning so‘zlariga ko‘ra, endi Ukraina o‘z muvaffaqiyatini qanday mustahkamlashni hal qilishi kerak.

«Bu ular janubga qarab harakatlanayotganda qiyin janglar kutayotganini anglamayapti, degani emas», dedi Kirbi Rossiyaning Ukraina kuchlariga qarshi hujum uyushtirishga urinishini ehtimoliy tahdidlardan biri sifatida tilga olib.

WSJ: Ukraina muvaffaqiyatlari g‘arb maxsus xizmatlariga «ehtiyotkor optimizm» beryapti
 
Avgust oyida The New York Times (NYT)ning yuqori martabali suhbatdoshlari qarshi hujum asosiy maqsadini Rossiya va egallab olingan Qrim o‘rtasidagi kuchlarni bo‘lib tashlash uchun quruqlikdagi ko‘prikni yo‘q qilish deb atagandi. NYT xabariga ko‘ra, amerikalik strateglar Ukraina qo‘mondonligiga diqqatni janubiy yo‘nalishga qaratishni va resurslarni ortiqcha bo‘lib yubormaslikni taklif etgan. 

Avgust oyi oxirida ma’lum bo‘lishicha, Ukraina Qurolli kuchlari Rossiya qo‘shinlari tomonidan qurilgan, «Surovikin chizig‘i» (Ukrainadagi Rossiya guruhi sobiq qo‘mondoni Sergey Surovikin nomi bilan atalgan) istehkomlarini buzib o‘tishga muvaffaq bo‘lgan. 

Rossiyaning janubiy yo‘nalishdagi mustahkamlangan mudofaa chizig‘ini yengib o‘tgach, g‘arb maxsus xizmatlari Ukraina Qurolli kuchlarining yanada siljishi bo‘yicha ehtiyotkor optimizmni boshdan kechira boshladi, deb yozadi kecha The Wall Street Journal o‘z manbalariga tayanib. 

Bir kun avval NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg Ukraina Qurolli kuchlarining qarshi hujum paytida muvaffaqiyatga erishgani haqida gapirgandi. «Ukrainaliklar asta-sekin pozitsiyalarni egallamoqda, ular rossiyaliklarni ortga surib, minalangan maydonlarga qaramay, yaxshi mustahkamlangan hududlarning bir qismini yorib o‘tishi mumkin», dedi Stoltenberg Amerikaning CNN telekanaliga bergan intervyusida. NATO bosh kotibi so‘zlariga ko‘ra, ukrainaliklar shiddatli janglar davomida «yutuqqa erishmoqda, ular jadallik kasb etmoqda». 

Mavzuga oid