O‘zbekiston | 11:34 / 03.09.2023
15480
2 daqiqa o‘qiladi

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Vazirlikda bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Toir Alimatov vazir o‘rinbosariga aylandi. U Buxoro viloyati hokimiga o‘rinbosar bo‘lib ketgan Jalol Arashov o‘rnini egalladi.

Foto: Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati

Toir Alimatov Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2 sentabr kuni bu prezidentning tegishli qarori imzolangan.

Toir Namatullayevich Alimatov tayinlovga qadar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.

O‘zbekiston mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan Toir Alimatov «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlangandi.

2022 yil iyunidan buyon Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari vazifasida ishlab kelgan Jalol Arashov 2023 yil avgustida Buxoro viloyati hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangandi

Vazirning yana bir o‘rinbosari Davronjon Odilov esa «Yangi Toshkent» shahri qurilishi bo‘yicha direksiya direktori etib tayinlangandi.

Mavzuga oid