Ukraina xavfsizlik xizmati («SBU») rossiyalik tadbirkor, «Alfa-Grupp» moliya-investitsiyaviy konsorsiumi egasi Mixail Fridmanga Ukrainadagi uruşni moliyalaşda gumonlanayotganini ma’lum qildi. Bu haqda 5 sentabr, seşanba kuni Ukraina maxsus xizmati, şuningdek, Ukraina Boş prokuraturasi xabar berdi.
Ularga köra, Rossiyaning Ukrainada keng kölamli harbiy harakatlari boşlanganidan beri Fridman Rossiyaning bir qança harbiy zavodlariga 2 milliard rublga yaqin sarmoya kiritgan. Boşqa narsalar qatorida, gap «Tula patron zavodi», şuningdek, Rossiya jangovar samolyotlari va vertolyotlari uçun yuqori texnologiyali uskunalar işlab çiqaradigan «Yalamov nomidagi Ural optik-mexanika zavodi» haqida bormoqda.
Uşbu loyihalarni moliyalaştiriş uçun tadbirkor özi nazorat qiladigan «Alfa-Grupp» Rossiya konsorsiumi aktivlaridan foydalanyapti, deyiladi «SBU» matbuot-relizida.
Bundan taşqari, idora ma’lumotlariga köra, Mixail Fridman öz biznes resurslaridan oziq-ovqat, kiyim-keçak va «Armiya Rossii» savdo belgisi ostidagi boşqa mahsulotlarni frontda jang qilayotgan rossiyalik harbiylar örtasida ommaviy ravişda tarqatişda foydalangan. Tadbirkorning suğurta kompaniyalari harbiy texnika, şuningdek, Rossiya harbiylarining hayoti va soğliğini suğurtalaşni öz zimmasiga oldi, deyiladi Ukraina Xavfsizlik xizmati bayonotida.
Fridman mol-mulki musodara qilinib, 8 yilgaça ozodlikdan mahrum etilişi mumkin
Oligarx konstitutsiyaviy tuzumni kuç bilan ağdariş, hokimiyatni egallab oliş va Ukraina davlat çegaralarini özgartiriş böyiça harakatlarni moliyalaştiriş moddasi böyiça gumonlangan. «Hozir gumonlanuvçi xorijda yaşirinmoqda. Uni javobgarlikka tortiş böyiça keng qamrovli çoralar körilmoqda. U mol-mulki musodara qilinib, 8 yilgaça ozodlikdan mahrum etilişi mumkin», - deya qayd etadi «SBU».
Rossiya qöşinlari Ukrainaga bostirib kirganidan köp ötmay, Mixail Fridman boşqa rossiyalik işbilarmonlar bilan birga Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqi, keyinroq esa boşqa davlatlar, xususan, AQŞ va Kanada sanksiyalari röyxatiga kiritildi.

















