AQSh 2023 yil uchun grin-karta berishni yakunladi
DV-2023 dasturi doirasida 3100 dan ortiq o‘zbekistonlik viza uchun suhbatga kirishga muvaffaq bo‘ldi. Grin-karta yutgan o‘zbekistonliklar soni esa 5 mingdan ortiq bo‘lgani taxmin qilinadi.

Getty Images
AQSh hukumati 2023 yil uchun grin-karta berish jarayonini yakunladi. Bu haqda Qo‘shma Shtatlarning O‘zbekistondagi elchixonasi xabar berdi.
Shu bois, 2023 yilgi DV dasturi bo‘yicha suhbatlar butun dunyo bo‘ylab, jumladan O‘zbekiston uchun ham to‘xtatildi.
«AQSh hukumati 2023 yilgi DV dasturi uchun belgilangan barcha immigratsion vizalarni taqdim etdi. Sentyabr oyining qolgan kunlariga belgilangan DV dasturi bo‘yicha suhbatlar butun dunyo bo‘ylab, jumladan O‘zbekistonda xam bekor qilindi. DV-2023 dasturi bo‘yicha viza uchun suhbatdan o‘tgan, ammo viza olmagan murojaatchilar endi viza olish huquqiga ega emas», deyiladi bayonotda.
Elchixona 6 sentabrdagi xabarida DV dasturi doirasida 3100 dan ortiq arizachi bilan suhbatlar o‘tkazilganini ma’lum qilgan. Ma’lumot uchun, DV-2022 dasturida g‘olib deb topilgan O‘zbekiston fuqarolari soni 5511 nafarni tashkil etgandi. O‘tgan yili ulardan qanchasi viza ololgani ma’lum emas.
AQSh Davlat departamenti saytiga joylangan bu boradagi oxirgi hisobot 2017 moliya yiliga oid bo‘lib, unda o‘sha yili 3199 nafar O‘zbekiston fuqarosiga DV dasturi doirasidagi viza berilgani qayd etilgan.
Turli millat vakillari uchun viza lotereyasi 1990 yilgi immigratsiya to‘g‘risidagi qonunga asosan ishlab chiqilgan loyiha hisoblanadi. Loyiha tarixan AQShga migratsiya ko‘rsatkichlari kam bo‘lgan millat vakillariga Amerikaga ko‘chib kelib yashash imkonini berishga qaratilgan.
Har yili 55 mingta viza uchun dunyo bo‘ylab 20 milliondan ko‘proq odam ariza topshiradi. Odatda vizalar sonidan ancha ko‘proq arizachilar lotereya g‘olibi deb topiladi, shunga ko‘ra g‘olib chiqqanlarning faqat yarmidan ko‘prog‘i yakunda vizani qo‘lga kiritadi.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
Mavzuga oid

22:02 / 09.05.2025
Eron 11 may kuni yadroviy masalalar bo‘yicha AQSh bilan muzokaralar o‘tkazishga rozi bo‘ldi

20:39 / 09.05.2025
Tramp Xitoy tovarlariga bojlarni kamaytirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda

20:17 / 09.05.2025
AQSh Yamandagi hujumlariga 1 mlrd dollardan ortiq mablag‘ sarfladi

18:19 / 09.05.2025