Rossiya qöşini 6 sentabr kuni Donetsk oblastining Konstantinovka şahrini öqqa tutdi. Dastlabki xabarlarda rossiyalik harbiylar markaziy bozor hududiga S-300 bilan zarba berilgani aytilgan. Donetsk oblasti rahbariyati esa şaharga zarba berişda qöllangan qurol turini aniqlaştiriş işlari olib borilayotganini bildirgan.

Sönggi ma’lumotlarga köra, 17 kişi halok bölib, 32 kişi yaralangan, deb xabar beradi Ukraina IIV rahbari Igor Klimenko. Donetsk oblasti harbiy ma’muriyati vakili Tatyana Ignatçenko esa yaralanganlar soni 34 nafar ekanini aytgan. Jabrlanganlarning barçasi — tinç aholi vakillari, deya tasdiqlagan ukrain naşrlari. Ukraina boş vaziri Denis Şmigalning aytişiça, qurbonlar orasida bir yoş bola ham bor. Şuningdek, jarohat olganlardan biri qutqaruvçi.

Prokuraturaning dastlabki ma’lumotlariga köra, zarba kelib tuşgan bozor hududida 20 dökon, elektr uzatiş liniyasi, ma’muriyat binosi va turar joy binosining beşinçi qavati şikastlangan. Atrofdagi yengil avtomobillar va sakkizta savdo obekti töliq yonib ketgan. Qidiruv-qutqaruv amaliyoti yakunlangan. Prokuratura uruş qonunlari va urf-odatlarini buziş töğrisidagi modda böyiça tergov harakatlari boşlangan.

Ukrainadagi telegram-kanallar Konstantinovkaga zarba oqibatlari aks etgan foto va videolarni tarqatgan.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Konstantinovka böylab zarbadan keyin «rus yovuzligini imkon qadar tezroq yengiş»ga çaqirdi:

«Kimdir hali ham Rossiya bilan qandaydir boğliqlikka ega bölsa, bu reallikka köz yumiş demakdir. Yovuzlikning surbetligi. Pastkaşlikning qörsligi. Keng kölamli noinsoniylik.

Ayni vaqtda rossiyalik terrorçilar artilleriyasi Donetsk oblastining Konstantinovka şahrida 16 kişini öldirdi. Odatiy bozor. Dökonlar. Dorixona. Heç narsada aybi yöq odamlar. Juda köp yarador. Afsuski, qurbonlar va jabrlanganlar soni yanada ösişi mumkin. Yaqinlarini yöqotganlarning barçasiga hamdardlik bildiraman! Bu rus yovuzligini imkon qadar tezroq mağlub etiş kerak».

Zelenskiy Konstantinovka böylab zarba aks etgan videoni ham e’lon qilgan.