Toşkentdagi «Jar» stadionida ötkazilgan 1-tur öyinida Temur Kapadze şogirdlari Afğonistonga qarşi saf tortib, raqibni tor-mor etdi. Öyinda Jasur Jaloliddinov dublga erişgan bölsa, zaxiradan maydonga tuşgan Husayn Norçayev het-trik qayd etdi. Davronov, Odilov va Hamraliyev ham öz hisobiga gol yozib qöydi – 8:1.
Guruhdagi ikkinçi öyinda Eron Hongkong ustidan 3:0 hisobida zafar quçdi. 2-turda Özbekiston 9 sentabr kuni Hongkongga qarşi öynaydi.
Ma’lumot uçun, guruh ğoliblari 2024 yili Qatarda bölib ötadigan U-23 Osiyo kubogiga yöllanma oladi. Qatardagi turnir esa Olimpiada-2024ga yöllanma beradi.
Osiyo kubogi U23. Saralaş. 1-tur
Özbekiston U23 – Afğoniston U23 – 8:1
Gollar: 1:0 — 12, Jasur Jaloliddinov, 2:0 — 36, Alibek Davronov, 2:1 — 42, Umid Musavi, 3:1 — 48, Husayn Norçayev, 4:1 — 52, Husayn Norçayev, 5:1 — 54, Jasur Jaloliddinov, 6:1 — 86, Husayn Norçayev, 7:1 — 88, Alişer Odilov, 8:1 — 90, Muhammadqodir Hamraliyev.
Özbekiston: 12. Vladimir Nazarov, 2. Saidazamat Mirsaidov (3. Abduqodir Husanov, 56), 5. Muhammadqodir Hamraliyev, 7. Hojimat Erkinov, 9. Ulugbek Hoşimov (22. Alişer Odilov, 82), 10. Jasur Jaloliddinov, 13. Mahmud Mahamadjonov (6. Ibrohimxalil Yöldoşev, 57), 17. Diyor Xolmatov (19. Husayn Norçayev, 46), 18. Alibek Davronov, 20 Ruslan Jiyanov (14. Abbosbek Fayzullayev, 46), 23. Abdurauf Böriyev.
Eron U23 – Hongkong U23 – 3:0.

















