30 oktyabr kuni France Football jurnali o‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra dunyoning eng yaxshi futbolchisi uchun «Oltin to‘p» topshiradi. Jurnal 6 sentabr kuni da’vogarlarning 30 kishilik ro‘yxatini e’lon qildi. Nufuzli Goal.com sayti favoritlar reytingini yangiladi — katta ehtimol bilan, bu safar g‘oliblik uchun raqobat juda keskin kechadi: tig‘iz mavsumdan tashqari futbolchilarning jahon chempionatidagi ishtirokini ham hisobga olishga to‘g‘ri keladi.

20-o‘rin. Kim Min Je – hijoyachi, 26 yosh (Janubiy Koreya/«Bavariya», sobiq «Napoli»)

  • O‘tgan mavsumdagi statistikasi: 18 ta quruq o‘yin, 45 o‘yinda 2+2
  • O‘tgan mavsumdagi yutuqlari: A Seriya g‘olibi

Kim Min Je o‘tgan mavsum porlagan futbolchilardan biri bo‘ldi. U Italiya chempionatida o‘zini juda yaxshi his qildi va «Napoli»ga uzoq kutilgan chempionlikka erishishda yordam berdi. Chempionlik uchun ushbu jamoaning hujum chizig‘i ko‘proq olqish olgan bo‘lsa-da, Kimning jamoa o‘yiniga ta’sirini inkor etib bo‘lmaydi. U ideal darajadagi zamonaviy himoyachi bo‘lib, uning texnikasi va jismoniy qobiliyati qorishmasi «Napoli»ga chempionlik kurashida qo‘l keldi. Agar Janubiy Koreya milliy jamoasi jahon chempionatida uzoqroq borganida, Kimning ham bu ro‘yxatdagi o‘rni yuqoriroq bo‘lgan bo‘lardi.

Nazvaniye

19-o‘rin. Harri Keyn – hujumchi, 30 yosh (Angliya/«Bavariya» sobiq «Tottenhem»)

  • O‘tgan mavsumdagi statistikasi: 40 gol, 9 assist
  • O‘tgan mavsumdagi yutuqlari: –

«Tottenhem» mavsumni o‘ta yomon o‘tkazganiga qaramay, Harri Keyn baribir jamoasiga foyda keltira oldi. U APLda 30 gol urdi va faqat Holand tufayli eng yaxshi to‘purar sifatida «Oltin butsa» sohibiga aylana olmadi. 

Uning jahon chempionatidagi ishtiroki ideal kechmadi, chorakfinalda Fransiyaga qarshi o‘yinda penaltini aniq ijro eta olmadi va jamoasi mag‘lubiyatida asosiy sababchiga aylandi. Shunga qaramay, u turnirda ikki gol urib, uch golga uzatma berdi. Bu «Oltin to‘p» favoritlari qatorida bo‘lish uchun yetarli emas, ammo u mavsumni yaxshi o‘tkazdi va nihoyat sovrin yutish uchun «Bavariya»ga yo‘l oldi.