Marokaşdagi kuçli zilzila oqibatida 296 kişi halok böldi. Şimoliy Afrikadagi qirollik Içki işlar vazirligi 9 sentabr, şanbaga ötar keçasi şunday dastlabki ma’lumotlarni taqdim etdi. Yana kamida 153 kişi tan jarohati olib, şifoxonalarga yuborilgan, deya qöşimça qildi idora.
Marokaş Milliy geofizika instituti ma’lum qilişiça, keça mahalliy vaqt bilan soat 23:00 lar atrofida (9 sentabr, Toşkent vaqti bilan 03:00) 7,2 magnitudali zilzila sodir bölgan. Geofiziklarning ta’kidlaşiça, zilzila episentri Marrakeş-Safi mintaqasidagi Igil tumanida joylaşgan. AQŞ Geologik xizmati ma’lumotlariga köra, zilzila öçoği 18,5 kilometr çuqurlikda bölgan, magnitudasi esa 6,8 ballni taşkil qilgan.
Yer silkinişlari bir qança hududlarda sezildi. Guvohlarning xabar berişiça, Marrakeşdagi turli binolar qulagan.


















