Yevropa Ittifoqi Marokaşga kuçli zilzila oqibatlarini bartaraf etişda yordam taklif qildi. 9 sentabr, şanba kuni ertalab Yevropa kengaşi raisi Şarl Mişel X ijtimoiy tarmoğida: «Yevropa Ittifoqi Marokaşni uşbu oğir damda qöllab-quvvatlaşga tayyor», deb yozdi va uning fikri barça jabrlanganlar, şuningdek, fojia joyida işlayotgan qutqaruvçilar bilan birga ekanligini qöşimça qildi.
Bu vaqtga kelib Marokaşdagi zilzila qurbonlari soni 632 kişiga yetdi, deya xabar bermoqda Reuters Marokaş içki işlar vazirining milliy televideniyedagi çiqişiga tayanib. Tabiiy ofat oqibatida jarohatlanganlar soni 329 nafarni taşkil qildi. Marokaş Içki işlar vazirligi ma’lumotlariga köra, hozirda 51 kişining ahvoli öta oğir holatda.
7,2 magnitudali zilzila
Marokaş Milliy geofizika instituti ma’lum qilişiça, bir kun avval mahalliy vaqt bilan soat 23:00 lar atrofida (Toşkent vaqti bilan 9 sentabr 03:00) 7,2 magnitudali zilzila sodir bölgan. Zilzila episentri Marrakeş-Safi mintaqasida, deya ta’kidladi geofiziklar. AQŞ Geologik xizmati ma’lumotlariga köra, zilzila öçoği 18,5 kilometr çuqurlikda bölgan, magnitudasi esa 6,8 ballni taşkil qilgan.
Yer silkinişlari bir qança hududlarda sezildi. Guvohlarning xabar berişiça, Marrakeşdagi turli binolar qulagan.
Zilzila mamlakat tarixida sönggi 100 yildagi eng kuçlisi böldi
Marokaş Milliy geofizika instituti rahbari Nosir Jabur mahalliy MNA agentligiga bergan intervyusida zilzila episentri Marrakeşdan 80 kilometr janubi-ğarbda joylaşgan Al-Hauz hududida bölganini va yer silkinişlari 400 kilometr radiusda sezilganini aytdi.
«Zilzila mamlakat tarixida sönggi 100 yildagi eng kuçlisi böldi», — dedi Jabur.
Uning sözlariga köra, kuçli silkinişdan keyin yuzlab yerosti silkinişlari sodir bölgan, ulardan eng kuçlisi 6 magnitudani taşkil qilgan. Aksariyat afterşoklar sezilmagan, deydi u.


















