Sönggi ma’lumotlarga köra, 9 sentabrga ötar keçasi, mahalliy vaqt bilan soat 23:00 dan ötganida Marokaşning markaziy qismidagi Yuqori Atlas toğida röy bergan zilzila oqibatida 2012 kişi halok bölgan va 2059 kişi jarohat olgan, ulardan 1404 nafari oğir ahvolda qolmoqda. Mahalliy amaldorlardan birining jurnalistlarga ma’lum qilişiça, qurbonlarning köpçiligi yetib boriş qiyin bölgan toğli hududlarga töğri keladi.
Qirol Muhammad VI uç kunlik milliy motam e’lon qildi va omon qolganlarga boşpana, oziq-ovqat va boşqa yordam körsatişni buyurdi.
Marokaş Milliy geofizika instituti ma’lumotiga köra, 7,2 magnitudali zilzila Marrakiş şahridan 70-80 kilometr masofadagi toğli hududda röy bergan. Birinçi silkinişdan 19 daqiqa ötib 4,9 magnitudali ikkinçisi sodir bölgan.
AQŞ Geologiya xizmati zilzila kuçini 6,8 magnitudaga baholagan va epimarkaz yer yuzasiga nisbatan yaqin joylaşganini bildirgan — 18,5 kilometr. Mamlakat içki işlar vazirligiga köra, yer osti silkinişi Al-Hauz, Uarzazat, Marrakiş, Azilal, Şixaua va Tarudant provinsiyalarini qamrab olgan.
Yer qimirlaşi Atlantika okeani sohilidagi Rabot, Kasablanka va As-Suveyra şaharlarida ham sezilgan.

Al Maghribi Al Youm / Reuters / Scanpix / LETA
Hodisa haqidagi ma’lumotlar bir neça soat ötibgina kela boşlagan. Dastlab Reuters agentligi mahalliy amaldorlardan biriga asoslanib, önlab qurbonlar haqida xabar bergandi. U ölim holatlarining aksari yetib boriş qiyin bölgan toğli hududlarda röy berganini qayd etgan.
Keyingi soatlarda qurbonlar va jarohat olganlar soni töxtovsiz ösib bordi, IIVning sönggi ma’lumotlariga köra, halok bölganlar soni 2012 nafarni taşkil etmoqda va bu raqam yana ösişi mumkin.

Zilzila oqibatida epimarkazga eng yaqin joylaşgan yirik şahar bölmiş Marrakişda turar joylar va boşqa binolar qulab tuşgan. YuNeSKO Butunjahon merosi röyxatiga kiritilgan Eski şaharda yaşovçilar uylari qulab tuşgani haqida xabar berişgan. Mahalliy telekanallarda masjid binosi şikastlangani, avtomobillar yakson bölgani aks etgan tasvirlar berilgan.






















