Dunyoning biznes markazi – Nyu-Yorkdagi egiz binolar. Oddiy kunlardan biri va binolarda odatdagiday iş qizğin. Şu payt oldinma-keyin ikkita binoga ham nimadir kelib urilib, ular qattiq silkinib ketadi. Odamlar nima bölganini tuşunişga ulgurmay, tepa qavatlardan beton bölaklari pastga uçib tuşa boşlaydi. Yonğin yuz beradi va köp ötmay 110 qavatli ikkita bino batamom qulab tuşadi.

Bundan roppa-rosa 22 yil avval, 2001 yil 11 sentabr kuni AQŞda misli körilmagan teraktlar amalga oşiriladi. «Al-Qoida» terrorçilik taşkilotining a’zolari bölgan odamlar törtta yölovçi samolyotini parvoz davomida egallab olişadi.

Söng ulardan ikkitasini Nyu-York şahrining biznes ramzi – Jahon savdo markazining ikkita osmonöpar binosiga, birini Pentagonga (AQŞ Mudofaa vazirligi boş idorasi) va yana birini Vaşingtondagi Oq uy yoki Kapitoliyga (Vaşingtondagi Kongress binosi) yönaltirişadi.

Terrorçilar uçta samolyotni rejada belgilangan binolarga olib borib urişadi. Ikkitasi Nyu-Yorkdagi osmonöpar egiz binolarga urilib, ularning qulaşiga sabab böladi.

Öğirlab ketilgan uçinçi samolyot Pentagon binosiga zarar yetkazadi. Törtinçi samolyot Pensilvaniya ştatidagi Şanksvill yaqinidagi dalaga qulab tuşadi.

Teraktlar oqibatida 3000 dan oşiq odam, şuningdek, samolyotlarni egallab olgan 19 nafar terrorçi ham halok böladi.

Avvalgi materialimizda uşbu hodisaning kelib çiqiş sabablari, hodisadan söng AQŞ armiyasining Afğoniston va Iroqqa bostirib kirişi va boşqa hodisalar batafsil hikoya qilingandi. Bu materialda teraktning qisqaça tafsilotlari va unda ayblangan şaxslar haqida ma’lumot beramiz.

Hodisa tafsilotlari

Nyu-Yorkdagi Manxetten orolida joylaşgan Jahon savdo markazi yettita binodan iborat majmua edi. Uning markazida ikkita 110 qavatli şimoliy va janubiy osmonöpar egiz binolar joylaşgandi.

Har bir binoda taxminan 35 ming kişi va 430 kompaniya uçun ofis maydoni bölgan. Terrorçilar öz harakatlarini 2001 yil 11 sentabr kuni ertalab boşlaşadi.