Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BAAda pasporti olib qo‘yilib, tazyiqqa uchragan ikki o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi
O‘zini ish beruvchi deb atagan shaxs o‘zbekistonliklarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari olib qo‘ygan va turli bahonalarni ro‘kach qilib qaytarib bermagan.
O‘zbekiston diplomatlari Birlashgan Arab Amirliklarda qiyin ahvolda tushib qolgan o‘zbekistonliklar M.U. va D.K.ni vatanga qaytishida amaliy yordam ko‘rsatdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
M.U. va D.K Bosh konsullikka qilgan murojaatida BAAga yolg‘on va’dalarga ishonib kelib qolganlarini va ish beruvchi tomonidan doimiy ravishda tazyiq o‘tkazilayotganini bayon etgan.
Jumladan, o‘zini ish beruvchi deb atagan shaxs o‘zbekistonliklarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari olib qo‘ygan va turli bahonalarni ro‘kach qilib qaytarib bermagan.
O‘zbekiston diplomatlari tomonidan ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida M.U. va D.K.ning pasportlari qaytarib olindi. Faol vatandoshlar ko‘magida ularning vatanga qaytishi uchun bepul aviachipta olib berildi.
O‘zbekistonliklar UzbekistanAirways kompaniyasining Dubay-Toshkent havo qatnovi bilan O‘zbekistonga kuzatib qo‘yildi.
Mavzuga oid
14:10 / 17.06.2026
O‘zbekiston va BAA strategik sheriklik doirasida yangi loyihalarni amalga oshiradi
19:13 / 13.06.2026
O‘zbekiston fuqarolari konsullik xizmatlaridan mobil ilova orqali foydalanishlari mumkin bo‘ldi
09:45 / 13.06.2026
Eronning milliardlab dollarlik mablag‘lari atrofida bahs kuchaydi
14:06 / 25.05.2026