Dam olish kunlari Haagada 3 mingga yaqin ekofaol qo‘lga olindi
Faollar markaziy avtomagistralni to‘sib qo‘ydi. Ular qo‘lga olinib, avtobusda mahalliy futbol klubi stadioniga olib ketilgan va qo‘yib yuborilgan.
Haagada dam olish kunlari Niderlandiyaning iqlim siyosati keskinlashgani masalasiga bag‘ishlangan ikki norozilik namoyishi chog‘ida qariyb 3000 kishi qo‘lga olindi. Bu haqda 10 sentabr, yakshanba kuni dpa xabar berdi.
Shanba va yakshanba kunlari Extinction Rebellion (XR) faollari Niderlandiya parlamenti va hukumat kvartallari yaqinidagi yirik A12 avtomagistralini to‘sib qo‘ydi. Ikki kun davomida politsiya faollarga qarshi suv purkagichlardan foydalangan. Yakshanba kuni 500 dan ortiq ishtirokchi, bir kun oldin esa 2400 ga yaqin kishi qo‘lga olingan.
Shahar ma’muriyatiga ko‘ra, yakshanba kuni blokadada 1000 ga yaqin odam, shanba kuni esa 9000 ga yaqin faol ishtirok etgan. XR va boshqa tashkilotlar ma’lumotlariga ko‘ra, aksiyalar asosan muvofiqlashtirilgan holda o‘tgan avtomagistraldan tashqarida yana bir necha ming kishi namoyishda qatnashgan.
Qo‘lga olinganlar tezda qo‘yib yuborildi
Haaga meri Yan van Zanen yo‘lni to‘sib qo‘ygan faollarning qo‘lga olinishini ma’qulladi. Dpa ma’lumotlariga ko‘ra, ularga Haaga markaziy vokzali yaqinida ham namoyish o‘tkazish taklif qilingan, biroq XR rad javobini bergan. Qo‘lga olinganlar avtobusda mahalliy futbol klubi stadioniga olib ketilgan va qo‘yib yuborilgan. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, faqat bir necha faolga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
XR Niderlandiyada ko‘mir, neft va gaz kabi qazib olinadigan yonilg‘i uchun barcha davlat subsidiyalari bekor qilinmaguncha har kuni A12 avtomagistralini to‘sib qo‘yishni rejalashtirayotganini bildirdi, deb yozadi dpa. Guruh hukumatni soliq imtiyozlari va aviatsiya, dengiz transporti, qazib olinadigan yonilg‘i hamda neft uchun subsidiyalarning boshqa shakllarini qisqartirish va’dasidan voz kechishda aybladi.
Tavsiya etamiz
Tramp 2.0 o‘zgargan Yaqin Sharqqa nimalar va’da qilmoqda?
Jahon | 21:45 / 20.01.2025
3 ga 90. Isroil va Hamas o‘rtasidagi sulh qanday kechmoqda?
Jahon | 20:11 / 20.01.2025
Xalqaro tanlovda g‘olib bo‘lgan prezident maktabi o‘quvchilariga BYD sovg‘a qilindi
O‘zbekiston | 19:59 / 20.01.2025
“Eng xavfsiz parvoz tanlanadi” - Uzbekistan Airways osmondagi favqulodda holatlarga tayyormi?
O‘zbekiston | 17:03 / 20.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda ikkita yangi ekologik loyiha ishga tushirildi
O‘zbekiston | 14:50
-
O‘zbekiston va Qozog‘iston mehnat migratsiyasi bo‘yicha ikki tomonlama bitim imzolaydi
O‘zbekiston | 14:44
-
Bayden Trampning bir qator taniqli raqiblarini afv etdi
Jahon | 14:30
-
Qo‘li kesilgan 2 oylik chaqaloq: uning yaqinlari shifokorlardan norozi
Jamiyat | 14:20
Mavzuga oid
10:01 / 13.10.2024
“Bir kunda 1000 tupga yaqin daraxtni sug‘oraman” – ekofaol Nigora Nosirova
15:30 / 01.10.2024
Haagadagi XJCdan Lukashenkoga qarshi tergov o‘tkazish so‘raldi
11:20 / 16.08.2024
Germaniyada ekofaollar bir qator aeroportlar ishiga xalaqit berdi
08:55 / 29.07.2024