Asl kasbi huquqşunos bölgan Nigora opa Toşkent şahrida ekologiya va tabiatni asraşga mas’ullarning öz vazifasini risoladagidek bajarmayotganidan norozi. “Mas’ullarga arça va nihollar qurib qolayotgani böyiça murojaat qilsam, bunday vaziyatda öşa hududdagi obodonlaştiriş idorasi vakillariga jarima solinişini aytişdi. Jarima solinar ekan deb daraxtlar qovjiraşiga bemalol qarab turiş kerak emas-ku!” – deydi u. Kun.uz muxbiri bilan suhbatda u suvni tejaş, daraxtlar qurib qolişining oldini oliş borasida qilayotgan işlari haqida sözlab berdi.

Yaxşidan boğ qolar...

Nafaqada bölişimga qaramasdan tadbirkorlik faoliyati bilan ham şuğullanaman. Ikkita mehmonxonam bor, şu yerdagi boşqaruvçilik işlarimdan ortgan vaqtda şaharni yaşillaştiriş işlariga öz hissamni qöşişga harakat qilaman. Yaşaş joyimizga yaqin hududlar, ya’ni Örikzor va Algoritm mahallalariga ekilgan, qarovsiz holda qolgan köçatlar, daraxtlarni kun ora işçilarim bilan suğorib çiqamiz.

Hovlimizning orqasidan kanal oqib ötgan. Şu yerdan ikki tonnalik idişga suv töldirib, daraxtlarga olib borib quyamiz. Buning uçun ikkita “Labo” maşinasi sotib olganman, uç nafar işçi yollaganman. Işçilar navbat almaşib, daraxtlarni 24 soat davomida suğoriş bilan şuğullanişadi. Kuniga 15 ta reys amalga oşiriladi. Şu orqali sutkasiga 30 tonna içimlik suvini tejab, örtaça 800-1000 tup daraxtni ariq suvi bilan suğoramiz.

Qor asfaltga emas, tuproqqa kerak

Suğoriş işlarini may oyidan boşlab, yomğir mavsumi oktyabr oyiga qadar davom ettiramiz. Bu işni 2021 yildan beri qilib kelamiz. Qişda xodimlarim bilan birgalikda köçalardagi qorlarni asfaltli yerlardan tuproqli hududlarga kurab çiqamiz. E’tibor bergan bölsangiz, obodonlaştiriş xizmati vakillari qorni yöllarning bir çekkasiga töplab, uyub qöyişadi. Öşa uyumlar asfalt ustiga emas, daraxtlar ekilgan tuproqli hududlarga taşlansa, yer kelasi yil uçun yanada unumdor böladi.

Bu taşabbusni kengroq yölga qöyiş uçun tegişli taşkilot vakillariga murojaat qildim. Ular qorga tuz sepilgani uçun ularni tuproqli joyga kurab bölmaydi, deya javob qaytarişdi. Şundan söng yaşaş hududimdagi qor uyumlarida tuz bor-yöqligini tekşirib kördim va tarkibida tuz mavjud emasligi aniqlandi. Töğri, magistrallardagi qorni eritiş uçun tuz sepilişi mumkin, ammo hamma köçalar, mahallarda bunday qilinmaydi. Mas’ul idoralardan javob bölmagaç, bu işni xodimlarim bilan amalga oşiradigan böldim.