Kuçli zilziladan söng Marokaş hukumati törtta «döst davlat» – Ispaniya, Qatar, Buyuk Britaniya va Birlaşgan Arab Amirliklarining yordamini qabul qilişga tayyorligini ma’lum qildi, deb xabar berdi mamlakat Içki işlar vazirligi 11 sentabr, duşanbaga ötar keçasi.
Yuqorida qayd etilgan davlatlar qutqaruv xizmatlari vakillari allaqaçon Şimoliy Afrikadagi qirollikda hamkasblari bilan boğlangan, deb yozadi dpa agentligi. Avvalroq köplab davlatlar, jumladan, AQŞ va Germaniya, şuningdek, butun Yevropa Ittifoqi zilziladan jabr körgan mamlakatga yordam taklif qilgan edi.
Uç kunlik motam
Sönggi ma’lumotlarga köra, Marokaşdagi zilzila oqibatida kamida 2122 kişi halok bölgan, yana 2421 kişi jarohatlangan. Bir kun avval fojia munosabati bilan Marokaş qirollik saroyi mamlakatda uç kunlik motam e’lon qilgan edi.
9 sentabrga ötar keçasi 6,8 magnitudali zilzila sodir böldi. Marokaş milliy geofizika instituti ma’lumotlariga köra, zilzila episentri Marrakeşdan 70 kilometr janubi-ğarbda joylaşgan Marrakeş-Safi toğli hududida joylaşgan. AQŞ Geologik xizmati ma’lumotlariga köra, zilzila öçoği 18,5 kilometr çuqurlikda joylaşgan. Bu Marokaşda sönggi 60 yildan köproq vaqt içida kuzatilgan eng kuçli zilzila böldi, deya qayd etadi dpa.


















