Marokaşdagi zilzila qurbonlari soni 2122 kişiga, jarohatlanganlar soni esa 2421 kişiga yetdi.

Marokaş Içki işlar vazirligi ikki kun oldin keçki soatlarida sodir bölgan zilzila haqida yangi ma’lumot bilan bölişdi.

Vazirlik bayonotida, episentri Marrakeşning Al-Hauz tumani bölgan 7 magnitudali zilzila qurbonlari soni 2122 kişiga, jarohatlanganlar soni esa 2421 kişiga yetganini bildirdi.

Marokaş matbuoti bir kun avval mahalliy vaqt bilan soat 23:10 da sodir bölgan zilzila poytaxt Rabot, Kasablanka, Meknes, Agadir va Fesda sezilganini xabar qildi. 

Qurbonlarning asosiy qismi Al-Hauz, Tarudant, Şivava, Uarzazat, Marrakeş, Azila, Agadir, Kasablanka va Yussifi mintaqalarida qayd etilgan. 

Tabiiy ofat hududida qidiruv-qutqaruv işlari davom etmoqda. Ularga fuqaro mudofaasi kuçlari bilan bir qatorda harbiylar ham jalb qilingan. 

Marokaşda 9 sentabrga ötar keçasi sodir bölgan 7 magnitudali zilzila mamlakat tarixida sönggi yuz yildagi eng kuçlisi böldi.