O‘zbekiston Qorabog‘da o‘tkazilgan “prezident saylovlarini” tan olmaydi – TIV
O‘zbekiston Ozarboyjon suvereniteti va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlaydi va 9 sentabr kuni Qorabog‘da o‘tkazilgan “prezident saylovlarini” tan olmaydi.

Foto: Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Qorabog‘da o‘tkazilgan saylovlar yuzasidan bayonot berdi.
“O‘zbekiston Respublikasi do‘st Ozarboyjon Respublikasining suvereniteti va hududiy yaxlitligini qat’iy qo‘llab-quvvatlaydi, uning ichki ishlariga har qanday aralashuvni qoralaydi va 2023 yil 9 sentabr kuni Qorabog‘da o‘tkazilgan qo‘shtirnoq ichidagi prezident saylovlarini tan olmaydi”, — deyiladi bayonotda.
Avvalroq, Tog‘li Qorabog‘dagi prezidentlik saylovi deb atalayotgan jarayon jahon hamjamiyati tomonidan ham keskin qoralangani xabar qilingan edi. Xususan, Yevropa Ittifoqi, Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlar va Ukraina prezidentlik saylovini va saylangan nomzodni tan olmasligini e’lon qilgan.
9 sentabr kuni tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi parlamenti prezident sifatida Samvel Shahramyan nomzodini ko‘rsatdi. Yopiq ovoz berishda Shahramyan 22 nafar deputatning ovozi bilan “g‘olib bo‘ldi”.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Olti oyda 4 mingdan ortiq shaxs giyohvand moddalar muomalasi uchun ushlandi
O‘zbekiston | 10:01
-
Eron ikki fransuzni "Mossad" foydasiga josuslikda aybladi
Jahon | 09:48
-
Avtomobil ta’miri xizmatiga talab eng yuqori bo‘lgan hudud aytildi
O‘zbekiston | 09:20
-
O‘zbekiston va Misr Sulton Sayfiddin Qutuz haqida film yaratishi mumkin
O‘zbekiston | 09:03
Mavzuga oid

23:12 / 02.07.2025
Ozarboyjon–Rossiya ziddiyatlari nimadan darak?

22:14 / 02.07.2025
Ozarboyjonda O‘zbekiston elchixonasining yangi binosi ochildi

21:44 / 02.07.2025
Ozarboyjon-Rossiya mojarosi: Bokuda ushlangan rossiyaliklar haqida nimalar ma’lum

21:07 / 02.07.2025