O‘zbekiston prezidentining yordamchisi Saida Mirziyoyeva buni O‘zbekiston va Rossiyaning yangi tarixidagi “muhim voqea” deb atadi.

Uning yozishicha, YuNeSKOning insoniyat nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan qadimiy Xorazm raqsi – “Lazgi”ga bag‘ishlangan spektakl tomoshabinlarni raqsga va hayotning o‘ziga bo‘lgan muhabbat tarixi bilan yaqindan tanishtiradi.

Saida Mirziyoyeva balet premerasini RF Federal majlisi Federatsiyalar kengashi raisi Valentina Matviyenko bilan birgalikda tomosha qilgan.