Sport maktablari öquvçi-sportçilarining ovqatlanişiga qöyiladigan gigiyenik talablar Adliya vazirligida hisobga olindi.
Gigiyenik talablarga köra, öquvçi-sportçilar uçun oziq-ovqat ratsioni quyidagi asosiy gigiyenik talablarga javob berişi kerak:
ratsionning kunlik kaloriya miqdori sportçining energiya sarflariga mos kelişi;
ratsionning kimyoviy tarkibi, kaloriya miqdori va hajmi sport turini hamda tayyorgarlik davrini hisobga olgan holda öquvçi-sportçi organizmining ehtiyojlari va xususiyatlariga mos kelişi;
oziq-ovqat tarkibidagi oqsillar, yoğlar va uglevodlar balanslaşgan bölişi, ularning miqdori sport turini va maşğulot jarayonining intensivligini hisobga olgan nisbatlarda bölişi;
kundalik ratsionda ösimlik va hayvon mahsulotlarining keng assortimenti bölişi;
oziq-ovqat zararsiz (zaharli moddalar va patogen bakteriyalarni öz içiga olmagan holda) bölişi.
Gigiyenik talablar bilan sport turlari bilan şuğullanuvçi öquvçi-sportçilar uçun kunlik talab etiladigan kaloriya va asosiy ozuqaviy moddalar (oqsil, yoğ va uglevodlar), kunlik vitamin va mineral moddalar miqdorlari belgilanmoqda.
Gigiyenik talablarda öquvçi-sportçilar uçun ratsionni tuzişda mahsulotlarga işlov beriş usuli, oşqozonda ozuqaviy moddalarni hazm qiliş vaqti, ularning içaklarda harakatlaniş tezligi va mahsulotlarning organizmda sörilişi hisobga olinişi şartligi nazarda tutilmoqda.

















