IT Park University muvaffaqiyatli tamomlagandan söng avtomatik tarzda bakalavr darajasiga kiriş imkoniyatini beruvçi onlayn tayyorlov kurslarini yölga qöydi. Abituriyentlar matematika va ingliz tili böyiça bilimlarini talab etiladigan darajagaça oşirib, nufuzli universitet talabasi bölişlari mumkin.

IT Park University tayyorlov kurslari kiriş imtihonlarisiz bakalavriatga kiriş imkoniyatini beradi. Maktab va litseylarning bitiruv sinflari öquvçilari, şuningdek, IT-mutaxassislikka ega bölişni istovçilar qatnaşişlari mumkin. Ötiş ballini töplagan tinglovçilar birinçi kursga qabul qilinadilar.

«IT Park University Prezidentimiz topşiriqlariga binoan, xalqaro standartlar va talablarga javob beradigan kadrlar tayyorlaş maqsadida taşkil etilgan. Bugungi kunning muhim vazifalaridan biri, yoşlar uçun IT imkoniyatlarini oçişdir. Bizning tayyorgarlik kursimiz ham şunga hissa qöşadi. U bilimlardagi böşliqlarni töldirib, abituriyentga IT Park University’da öqiş uçun zarur bölgan darajaga erişişga yordam beradi.

Tayyorgarlik kursi — 7 oy davom etadigan, yuqori sifatli, samarali va töliq ta’limdir. Bölajak talaba şu davr mobaynida kerakli hajmdagi ma’lumotlarni özlaştira oladi», — dedi IT Park University boş direktori, Bohodir Ayupov

IT Park University talabalari birinçi semestrdanoq natijalar körsatişmoqda. Şu jumladan, talaba Roman Kolesov abituriyentlarning savollariga tezkor javoblar berişga möljallangan, sun’iy intellektga ega bot yaratişga muvaffaq bölib, uni Raqamli texnologiyalar vaziri Şerzod Xotamoviç Şermatovga ham taqdim etdi.

IT Park University kurslari bir qator afzalliklarga ega.

IT universitetga kafolatlangan kiriş 11-sinfdanoq

Universitetga tayyorgarlik va uning natijalarini kutiş — ösmir uçun katta stressdir. Ma’lum miqdordagi ma’lumotni özlaştiriş kerak, kiriş imtihonidan oldingi asabiylaşişlar, agar birinçi martada kirişga muvaffaq bölmasa, bir yil yöqotişga yoki unçalik istamagan universitetda öqişga rozi bölişga töğri keladi. Bundan taşqari, hayajon tufayli abituriyent köproq xatoga yöl qöyişi va pastroq natija körsatişi mumkin.

IT Park University tayyorlov kursi — bu qulay muddatda kerakli materialni özlaştiriş, bilimlar sinovidan xotirjam ötiş, ötiş ballarini töplaş va Özbekistondagi eng yaxşi universitetda öz joyini egallaş imkoniyatidir.