Ukrainada urushning 566-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Volodimir Zelenskiyning ofisidagilar Ukraina Konstantinovkaning 6 sentabr kungi o‘qqa tutilishini tekshirmasligini ma’lum qildi: Kiyev uchun «barchasi ayon» — bu «Rossiya Federatsiyasining navbatdagi raketa zarbalaridan biri edi».
- Yevrokomissiya sanksiyalar doirasida Rossiyadan shaxsiy buyumlarni olib kirish bo‘yicha pozitsiyasini yumshatdi. Idora endi shaxsiy maqsaddagi kiyim va kosmetika mahsulotlari olib o‘tilishini cheklamaydi — va bojxona organlarini avtomobillarni tekshirishga jiddiy e’tibor qaratishga chaqiradi.
- Litva, Latviya va Estoniya o‘z chegaralaridan Rossiya raqamlari o‘rnatilgan avtomobillarni o‘tkazishni to‘xtatdi.
- KXDR rahbari Kim Chen In zirhlangan poyezdda Rossiyaga keldi. U Putin bilan muzokaralar o‘tkazmoqda. Uchrashuvdagi asosiy mavzulardan biri, katta ehtimol bilan RFga qurol yetkazib berish masalasi bo‘ladi.
- Ukrainadagi «Antonov» samolyotlari ishlab chiqaruvchisi dronlar tayyorlashni boshladi.
- Ruminiya hududida rossiyaliklar droni qoldiqlari topilganidan keyin mamlakat hukumati chegaradagi hududlar aholisi foydalanishi uchun ikkita beton bombapanagoh qurishni boshladi.
- Ukrainalik uchuvchilar tez orada F-16 qiruvchilarida uchishni o‘rganish uchun AQShga yetib boradi va ularning tayyorgarlik jarayoni mahorat darajasiga qarab uch oydan to‘qqiz oygacha davom etishi mumkin, deb xabar berdi jurnalistlarga AQSh Milliy gvardiyasi Harbiy-havo kuchlari rahbari Maykl Lo.
- Ukraina «Boyko minoralari» — Qora dengizdagi gaz va neft platformalarini qaytarib oldi.
Zaporijjya oblasti aholisi evakuatsiyasi

Ruminiya va Ukraina chegarasida bombapanagoh qurilishi
Ukrainaning Izmayil shahri yaqinidagi Ruminiyaning Plauru qishlog‘idan ikki yarim kilometr masofada joylashgan hududda 9 sentabr kuni dron parchalari































