Ruminiya mudofaa vaziri Anjyel Tilver mamlakatning Tulça uyezdi Plauru tumanidan Rossiyaga tegişli ekani taxmin qilinayotgan dron parçalari topilganini tasdiqladi. Bu hudud Ruminiyaning Ukraina bilan çegarasida, Odessa oblasti Izmayil şahri yaqinida joylaşgan. Bu bayonotdan ikki kun avval Ruminiya mudofaa vazirligi bu ma’lumotni rad etgandi.

«Biz juda katta hududni tekşirdik, köpçilik muhokama qilayotgan yerlarni ham. Men dron parçalari bölişi taxmin qilinayotgan bölaklarni topganimizni tasdiqlayman», degan Ruminiya mudofaa vaziri mahalliy telekanal efiridagi çiqişida. Vazir topilgan bölaklar nimaga tegişli ekanini aniqlaş maqsadida tekşirilişini aytdi.

Ruminiya prezidenti Klaus Yoxannis agar topilgan bölaklar Rossiya droniga tegişli ekani isbotlansa, bu Ruminiya suvereniteti va hududiy yaxlitligini jiddiy tarzda buziş sifatida qabul qilinişini aytdi. Qiziği, ikki kun avval ruminiyalik siyosatçilar boşqaça bayonotlar berişgandi.

Rossiya droni bölaklari Ruminiya hududiga tuşgani haqida 4 sentabrdayoq ma’lum bölgandi. Bu borada videolar tarqalgaç, Ukraina taşqi işlar vazirligi spikeri Oleg Nikolenko mamlakat çegara xizmatiga tayanib rasman xabar berdi. Uning sözlariga köra, Ruminiya hududiga nafaqat ruslarning droni parçalari qulagan, balki uning jangovar qismi portlagan ham.

Bu xabardan köp ötmay Ruminiya mudofaa vazirligi Rossiya droni mamlakat hududida portlaganini rad etib çiqdi. Ukraina taşqi işlar vaziri Dmitro Kuleba esa Kiyevda ruslar droni Ruminiya hududida portlaganini isbotlovçi dalillar borligini aytdi. Uning sözlariga köra, ruslarning Dunay daryosidagi portlar infratuzilmasi böylab amalga oşirilgan havo hujumi vaqtida dronlardan biri aynan Ruminiya hududida portlagan.

Ukraina TIV bayonotidan keyin ham Ruminiya prezidenti keyingi kun ruslar droni mamlakat hududida qulaganini yana bir bor rad etib çiqdi. Prezident Klaus Yoxannis, xususan «Heç bir dron, heç qanday predmet va heç qanday qurilma bölagi Ruminiya hududiga qulagani yöq. Biz öz milliy kengliklarimizni töliq nazorat qilyapmiz», dedi.

BBC harbiy tahlilçisi Ilya Abişev Ruminiya tomoni mamlakat hududiga dron qulaganini nega ikki kun ötib tan olganini tahlil qildi

Voqea sodir bölganidan köp ötmay Kiyevdagilar nafaqat dron parçalari Ruminiya hududiga qulagani, balki uning jangovar qismi qöşni davlat hududida portlaganini xabar qilib çiqişdi.

«Ukraina çegara xizmati ma’lumotiga köra, Rossiyaning Izmayil portiga uyuştirgan dron hujumi vaqtida Shahed uçuvçisiz qurilmalaridan biri Ruminiya hududiga qulab, portlagan», deb yozdi 4 sentabr kuni Ukraina TIV rasmiy vakili Oleg Nikolenko.