Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Davlat departamenti Janubiy Koreyaga F-35A qiruvchi samolyotlarini sotishga ruxsat berdi
Gap taxminan 5,06 milliard dollarlik 25 tagacha F-35A qiruvchi samolyotlari va tegishli jihozlarni sotish haqida ketmoqda.
Foto: AFP
AQSh Davlat departamenti Janubiy Koreyaga taxminan 5,06 milliard dollarlik F-35A qiruvchi samolyotlari va tegishli jihozlarni sotishni ma’qulladi, deb xabar bermoqda Pentagon mudofaa xavfsizligi bo‘yicha hamkorlik agentligi (DSCA).
Xususan, gap Janubiy Koreyaga 25 tagacha F-35A qiruvchi samolyoti va 26 tagacha F-135-PW-100 dvigatellari hamda operatsiya uchun zarur bo‘lgan boshqa jihozlarni sotish haqida bormoqda.
«Sotishni tasdiqlash to‘g‘risida bildirishnoma AQSh Kongressiga yuborildi», deyiladi bayonotda.
Agentlikning ta’kidlashicha, taklif etilayotgan kelishuv AQSh tashqi siyosati va milliy xavfsizlik maqsadlarini ilgari suradi, «mintaqadagi tajovuzni oldini oladi», Janubiy Koreyaning hozirgi va kelajakdagi tahdidlarga qarshi turish qobiliyatini oshiradi.
AQSh Davlat departamentining qurol sotishni ma’qullashi AQSh ma’muriyatining kelishuvga e’tirozi yo‘qligini anglatadi.
Agar AQSh Kongressi 30 kun ichida AQSh Davlat departamentining qaroriga e’tiroz bildirmasa, Vashington ma’muriyati tasdiqlangan kelishuv bo‘yicha mamlakat bilan muzokaralar boshlaydi.
Mavzuga oid
20:33 / 16.05.2026
Tramp IShID yetakchilaridan biri yo‘q qilinganini aytdi
10:10 / 16.05.2026
AQSh va Eron o‘rtasidagi “ko‘prik” - Asim Munir qay tarzda asosiy vositachiga aylandi?
08:37 / 16.05.2026
Tramp: Xitoy hukumati Jimmi Layni ozod qilish niyatida emas
09:30 / 15.05.2026