Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dernadagi qurbonlar soni 20 ming kishiga yetishi mumkin
Liviya sharqidagi Derna shahrida toshqin qurbonlari soni 3840 kishiga yetdi. Minglab fuqarolar hamon bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatida turibdi.
Liviyada, mamlakat sharqida kuchli yomg‘ir sabab bo‘lgan vayronkor suv toshqini qurbonlari soni ortishda davom etmoqda. Tripolidan 900 km sharqda joylashgan Derna port shahri eng ko‘p jabr ko‘rgan, u yerda 3840 kishining jasadi topildi, deb xabar qildi mamlakat Ichki ishlar vazirligi vakili 13 sentabr, chorshanba kuni kechqurun. Unga ko‘ra, minglab fuqarolar hamon bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatida turibdi.
O‘z navbatida, Derna meri tabiiy ofatdan vayron bo‘lgan shahar hududlarida jabrlanganlarning umumiy soni 18-20 ming kishi bo‘lishi mumkin, deb hisoblaydi. Dernaning toshqindan keyingi sun’iy yo‘ldosh tasvirlari qirg‘oq hududlari deyarli butunlay suv ostida qolganini ko‘rsatadi. Xalqaro migratsiya tashkiloti hisob-kitoblariga ko‘ra, 100 ming aholiga ega Derna aholisining uchdan bir qismi boshpanasiz qolgan. Qo‘shni aholi punktlarida ham vaziyat xuddi shunday.
Toshqindan zarar ko‘rgan hududlarda vaziyat nihoyatda og‘irligicha qolmoqda. Dernaga olib boruvchi yettita yo‘ldan faqat ikkitasiga kirish mumkin, to‘rtta muhim ko‘prik vayron bo‘lgani uchun favqulodda yordam xizmatlari xodimlarining aholiga yetib borishi qiyinlashgan. Vaziyat elektr ta’minotidagi uzilishlar va telekommunikatsiya tarmog‘idagi nosozliklar tufayli yanada og‘irlashmoqda.
10 sentabr kuni kuchli «Daniel» to‘foni Liviyaning shimoli-sharqiga kelib, so‘nggi 40 yildagi eng kuchli yog‘ingarchilikni keltirib chiqardi. Natijada, hududlarni suv bosdi va ular tashqi dunyodan uzilib qoldi.
Jabrlanganlarga yordam
Ayni paytda, Yevropa Ittifoqi ma’lumotlariga ko‘ra, insonparvarlik yordamining birinchi yuklari, xususan, Germaniyadan Liviyaga yetkazilgan. Germaniya Tashqi ishlar vazirligi vakilining Berlinda aytishicha, ayni damda chodirlar, ichimlik suvi, dori-darmon va generatorlarga ehtiyoj bor. Uning so‘zlariga ko‘ra, Germaniya xalqaro hamkorlari bilan yaqin aloqada.
Yevropa Ittifoqi ham Liviyaga 500 ming yevro miqdorida favqulodda yordam ko‘rsatdi. BMT Liviyaga 10 million dollar (9,3 million yevro) moliyaviy yordam va’da qildi. Buyuk Britaniya 1,16 million yevro ekvivalentiga teng «dastlabki yordam paketi»ni e’lon qildi.
Mavzuga oid
09:12 / 27.05.2026
O‘zbekistonda 5 ta sel-suv ombori quriladi
22:02 / 06.05.2026
“Yana ozgina yomg‘ir yog‘sa, favqulodda holat vujudga kelardi” – shaharsoz
09:42 / 28.02.2026
2–6 mart: tog‘li hududlarda sel-suv toshqin xavfi e’lon qilindi
18:58 / 29.07.2025