Har safar bu dunyodan köz yumib, çin dunyoga rihlat qilgan insonlar haqida öylarkansiz, şoir, dramaturg va adabiyotşunos Maqsud Şayxzodaning quyidagi törtligi esga tuşadi:
Umrlar böladi,
Tirikligida ölikdir.
Ölimlar böladiki,
Ölgan odam tirikdir.
Şoir aytmoqçiki, yuz yil umr körib ham savob iş qilmagan, özidan keyin iymon-e’tiqodli farzand, şogirdlar qoldirmagan, el-u yurt, xalqiga foydali amallar qilmagan, bitta nihol ekmagan insonlar köp böladi.
Lekin yana şunday insonlar böladiki, ular berilgan umrni savob işlarga bağişlaydi, faoliyati, ulkan ijodi va ölmas asarlari bilan dunyodan köz yumgaç ham insonlar qalbida abadiy tirik yaşaydi.
Milliy qöşiqçilik san’atining atoqli namoyandasi, ustoz san’atkor, Özbekiston xalq hofizi Şerali Jörayev özining 77 yillik umri davomida qilgan ezgu amallari, köp yillik samarali ijodi va özbek milliy qöşiqçiligida yaratgan öz ijodiy maktabi bilan insonlar qalbida öçmas iz qoldirdi.
Kun.uz hofizning yaqinlari, safdoşlari, şogird va muxlislari iştirokida Şerali Jörayev xotirasiga bağişlangan körsatuv suratga oldi. Quyida uşbu körsatuvni tomoşa qilişingiz mumkin.
Muallif:
Ilyos Safarov
Tasvirçilar:
Abduqodir Tölqinov,
Şohruzbek Abdurayimov,
Nuriddin Nursaidov.
Montaj ustasi: Nuriddin Nursaidov.
















