UzAuto Motors'ning ilk ommaviy aksiyalari sotuvida anderrayter vazifasini bajargan Freedom Broker hisobotida ham kompaniya rejalarida 2023 yildan Captiva importini boşlaş közda tutilgani keltirib ötilgandi.

Hozirda UzAuto Motors dilerlik markazlaridan faqatgina Onix va Tracker-2 kabi Özbekistonda işlab çiqarilayotgan modellar, şuningdek, Malibu-2, Equinox, Traverse, Tahoe-2 kabi import avtomobillariga şartnoma oliş mumkin.

Chevrolet Captiva avtomobili mamlakat bozoriga bundan 16 yil oldin kirib kelgan. Ilk bor avtomobilni yirik tarmoqli yiğiş 2007 yilning oktyabr oyidan boşlangan. 2011 yilning sentabr va 2017 yilning fevral oylarida avtomobilning yangilangan modeli çiqarilgan. 2018 yilning kuzidan boşlab krossover sotuvdan olib taşlangandi.

Keyinçalik, 2021 yilning kuzida UzAuto Motors Chevrolet Captiva sotuvi qayta tiklanganini e’lon qildi va bir qança iste’molçilar bilan şartnomalar tuzgandi. Lekin ma’lum muddat ötganidan keyin bu jarayon töxtatildi. Sabab sifatida esa Captiva-5'ning Özbekiston iqlimiga töğri kelmasligi aytilgandi. Öşa paytda mazkur avtomobil 221 mln 691 ming sömdan 309 mln 900 ming sömgaça narxda sotuvga çiqarilişi xabar qilingandi.

  • Freedom Broker hisobotida, şuningdek, UzAuto Motors 2023 yil oxiridan Chevrolet Lacetti işlab çiqarişni töxtatişi, şu yil Chevrolet Cadillac importini boşlaşi ham ma’lum qilingandi. Hujjatda kompaniya 2026 yildan boşlab nomi oşkor qilinmagan yangi Chevrolet modelini işlab çiqarişni boşlaşi körsatilgan.