Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya TIVning yangi rahbari Rossiyaga qarshi sanksiyalarni saqlab qolishga va’da berdi
Yaponiya Rossiya bilan munosabatda o‘z milliy manfaatlaridan kelib chiqadi.
Yangi vazir Yoko Kamikava Rossiya bilan munosabatlarda Yaponiya o‘z milliy manfaatlaridan kelib chiqib harakat qilishini bildirib, mamlakatning Rossiyaga qarshi sanksiyaviy siyosatini qo‘llashda davom ettirishini ta’kidladi.
«Davlatimiz xalqaro hamjamiyat, birinchi navbatda G7 bilan hamkorlikda Rossiyaga qarshi kuchli sanksiyalarni qo‘lladi va ularni davom ettirish niyatida. Shu bilan bir vaqtda Yaponiya va Rossiya — qo‘shni mamlakatlardir», — deya Kamikavadan iqtibos keltiradi Kyodo agentligi.
Vazirga ko‘ra, qo‘shnilar sifatida ikki davlatga aloqador muammolarni hal qilishda, jumladan, baliqchilik, dengiz xavfsizligi masalalarida Yaponiya o‘z milliy manfaatlaridan kelib chiqib harakat qiladi.
Yoko Kamikava avvallari Kunashir, Iturup, Shikotan va Xabomay hududlarida (hozirda Rossiyaga qarashli) istiqomat qilgan yaponlarning ajdodlari qabrlarini ziyorat qilishni qayta tiklash hozirgi yapon-rus munosabatlarining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligini qayd etdi.
Avvalroq Saxalin gubernatori Valeriy Limarenko yapon hukumati «dushmanona ritorika»sini saqlab qolsa, yaponlar ajdodlari qabrini ziyorat qilolmasligini aytgandi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Yaponiya hukumati to‘liq tarkibda iste’foga chiqandi. Qayd etilishicha, yangi hukumat tarkibida 5 nafar ayol siyosatchi bo‘ladi. Bu Yaponiya hukumati tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.
Mavzuga oid
20:40 / 27.06.2026
Yaponiyada noqonuniy yashab kelgan O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi
16:44 / 22.06.2026
Yaponiya viza narxini besh barobarga oshiradi
08:22 / 19.06.2026
Yevroittifoq Rossiyaga qarshi sanksiyalarni ilk bor bir yilga uzaytirdi
09:45 / 17.06.2026