Yevropa kengashi rahbari Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyatni yumshatishga chaqirdi
Sharl Mishel mintaqadagi keskinlikni bartaraf etish maqsadida Armaniston va Ozarboyjon rahbarlari bilan doimiy aloqada. U yana Qorabog‘ga insonparvarlik yuklari olib kelinayotgan Lochin yo‘lagini blokdan chiqarishga chaqirdi.
Yevropa Kengashi rahbari Sharl Mishel 1 sentabr kuni ommaga e’lon qilingan takliflar asosida Tog‘li Qorabog‘dagi keskinlikni yumshatish uchun faol sa’y-harakatlarni amalga oshirmoqda, deyiladi Yevropa kengashi 13 sentabr, chorshanba kuni chop etgan press-relizda.
Hujjatda ta’kidlanishicha, Mishel so‘nggi bir necha kun ichida Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan, Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali suhbatlar o‘tkazgan va 10 sentabrda Nyu-Dehlida bo‘lib o‘tgan G20 sammiti doirasida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan vaziyatni muhokama qilgan.
Lochin yo‘lagining blokadadan chiqarilishi
Matbuot uchun xabarda qayd etilishicha, bu sa’y-harakatlar Boku, Yerevan va Qorabog‘ armanlari vakillari bilan kundalik aloqalardan tashqari, taranglikni yumshatishga yordam berish va Qorabog‘ga insonparvarlik yordamini ta’minlaydigan yechim ishlab chiqishga qaratilgan.
Hujjatda Rossiya humanitar karvonining Agdam-Askeran yo‘nalishi bo‘ylab o‘tishi mahalliy aholiga muntazam humanitar yuk yetkazib berishni tiklash uchun sharoit yaratishiga umid bildirilgan. «Joydagi vaziyat tez yomonlashmoqda. Qorabog‘ga zarur mahsulotlar yetkazib berilishini ta’minlash juda muhim. Agdam-Askeran yo‘lining ochilishi Lochin yo‘lagining qayta tiklanishiga yordam beradigan muhim qadamdir», - deyiladi ma’lumotda.
Sharl Mishel kuz va qish arafasida Lochin yo‘lagini ochish muhimligini ta’kidladi.
Mavzuga oid
20:29 / 15.11.2024
G‘ayrat Fozilov Yevropa kengashi prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
18:41 / 17.04.2024
Rossiya tinchlikparvar kuchlari Tog‘li Qorabog‘ni tark etishni boshladi
08:41 / 27.01.2024
Sharl Mishel Yevrokengash rahbari lavozimini tark etish haqidagi fikrini o‘zgartirdi
12:52 / 20.01.2024