Armaniston boş vaziri Nikol Paşinyan borti Ozarboyjon havo hududidan foydalandi, deb xabar berdi uning matbuot kotibi Nazeli Bagdasaryan. Uning sözlariga köra, Yerevan Bokudan parvoz uçun ruxsat söragan va uni olgan.

«Armaniston boş vazirining samolyoti 30 avgustdan 31 avgustga ötar keçasi Ozarboyjon havo hududi orqali xorijiy taşrif bilan uçib ketdi va 6 sentabrga ötar keçasi Armanistonga qaytdi», dedi u.

Uning eslatişiça, Ozarboyjon samolyotlari uzoq vaqtdan beri Armaniston havo hududi orqali parvoz qilmoqda.

8 avgust kuni Armaniston boş vaziri Nikol Paşinyan va Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev harbiy harakatlarni töxtatiş töğrisidagi deklaratsiyani imzoladi. Marosim Oq uyda AQŞ prezidenti Donald Tramp iştirokida bölib ötdi.

Toğli Qoraboğ atrofidagi mojaro tufayli Armaniston samolyotlari sönggi 30 yil içida Ozarboyjon havo hududidan foydalanmayotgan edi.