Ozarboyjon poytaxti Bokudagi harbiy sud Toğli Qoraboğ respublikasining sobiq rahbarlariga nisbatan hukm çiqardi. Mahalliy OAV ma’lumotlariga köra, Arayik Arutyunyan (tan olinmagan respublika prezidenti), Levon Mnatsakanyan (armiya qömondoni), David Manukyan (armiya qömondoni örinbosari), David Işxanyan (parlament raisi) va David Babayan (TIV rahbari) umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan.

Ular Armanistonning Ozarboyjonga qarşi harbiy tajovuzi oqibatida tinçlik va insoniyatga qarşi jinoyatlar, harbiy jinoyatlar, jumladan, tajovuzkor uruşga tayyorgarlik köriş va olib boriş, genotsid, uruş qonunlari va urf-odatlarini buziş, şuningdek, terrorizm, terrorizmni moliyalaştiriş, hokimiyatni zöravonlik bilan egallab oliş, uni zöravonlik bilan uşlab turiş va boşqa köplab jinoyatlarda ayblandi.

Toğli Qoraboğning yana ikki sobiq amaldori Arkadiy Gukasyan va Bako Saakyan 20 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Qayd etilişiça, Gukasyan va Saakyan allaqaçon 65 yoşga tölgan, şuning uçun Ozarboyjon qonunçiligiga köra, ular umrbod qamoq jazosiga hukm qilinişi mumkin emas. Şuningdek, Madat Babayan va Melikset Paşayan (19 yildan), Garik Martirosyan (18 yil), David Alaverdyan (16 yil), Vasiliy Beglaryan, Gurgen Stepanyan va Erik Kazaryanga (15 yildan) ham hukm çiqarilgan.

Ozarboyjon 2023 yil sentabr oyida Toğli Qoraboğ (Arsax) rahbariyati vakillarini Ozarboyjon armiyasi hujumidan keyin butun arman aholisi bilan mintaqani tark etişga urinayotganda qölga oldi. Ular turli jinoyatlarda, jumladan, genotsid va terrorizmda ayblangan. Bokuda jami 16 kişi, jumladan, sobiq davlat vaziri, milliarder va xayriyaçi Ruben Vardanyan sud mahkamasiga tortildi. U alohida sudlanmoqda.