«Çindan ham sovğalar almaşinuvi böldi. Biz bunday narsalarni ommaga alohida e’lon qilmaslikni afzal köramiz. Putin koreyslar yetakçisiga bir neça bor fazoda bölgan kosmonavt kiyimi qölqopini hamda Rossiyada işlab çiqarilgan yuqori sifatli karabinni sovğa qildi», — dedi Peskov.
Öz örnida Kim Çen In KXDRda işlab çiqarilgan karabinni Putinga hadya qilgan. Peskovga köra, «boşqa sovğalar» ham bölgan.
Avvalroq Putin va Kim Çen In Rossiyaning Uzoq Şarqidagi «Vostoçniy» kosmodromida uçraşgani haqida xabar berilgandi. 13 sentabr kungi rasmiy keçki ovqat paytida Kim Çen In Rossiya prezidentini Şimoliy Koreyaga taşrif buyurişga taklif qilgani, Putin esa bu taklifga rozi bölgani ma’lum qilingandi.
«Imperializmga qarşi kuraşda birgamiz» – Kim Çen In va Putin nimalarni gaplaşdi?











