Rossiyada josuslikda ayblanib hibsga olingan Amerikaning The Wall Street Journal (WSJ) gazetasi muxbiri Evan Gerşkoviçning oilasi BMTdan uni ozod qilişda yordam söradi, deb xabar qildi 13 sentabr kuni Reuters. Gerşkoviçning qarindoşlari BMTning özboşimçalik bilan hibsga oliş böyiça işçi guruhiga petitsiya yuborgan.
«Uşbu bayonot Evanning qölga olinişi inson huquqlarining buzilişi ekanini va Rossiya uni zudlik bilan ozod qilişi kerakligini tuşuntiradi. Biz faqat uning uyga qaytişini istaymiz», dedi jurnalistning otasi Mixail Gerşkoviç jurnalistlarga.
AQŞning BMTdagi vakili Linda Tomas-Grinfild «heç bir oila yaqin kişisining siyosiy vosita sifatida foydalanilişini tomoşa qilmasligi kerak», dedi. « Rossiya aynan şunday qilyapti. Uning xatti-harakatlari quyuşqondan çiqyapti. Bu - xalqaro huquqni buziş», - deya qöşimça qildi u.
Evan Gerşkoviçning uşlanişi va hibsga olinişi
The Wall Street Journal muxbiri Evan Gerşkoviç mart oyi oxirida Yekaterinburgda josuslikda ayblanib qölga olingan edi. Aprel oyining boşidan beri u «Lefortovo» tergov izolyatorida saqlanmoqda. 24 avgust kuni Moskvaning Lefortovo tuman sudi jurnalistni hibsga oliş muddatini 30 noyabrgaça uzaytirdi.
«FSB» ma’lumotlariga köra, muxbir «Amerika tomonining körsatmasi böyiça» Rossiya harbiy-sanoat majmuasi korxonalaridan biri haqida maxfiy ma’lumotlar töplagan. Gerşkoviç ayblovlarni rad etyapti.
«Meduza» naşrining xabar berişiça, Gerşkoviç Yekaterinburgda qölga olinişidan oldin «Uralvagonzavod» joylaşgan Nijniy Tagilga borgan. Gerşkoviç bilan bir vaqtda, Nijniy Tagildan bölgan er-xotin - «Uralvagonzavod» xodimlari uşlangan. Bundan taşqari, aprel oyida Gerşkoviç uşlangani haqida birinçi bölib xabar bergan piarçi Yaroslav Şirşikov qölga olingan. Iyun oyida Şirşikov tergov izolyatoridan ozod qilindi.

















