«Qozoğiston avtomobil uyuşmasi» ma’lumotlariga köra, yozning sönggi oyida mamlakatda 17,2 ming yengil va yengil tijorat avtomobillari, 1031 ta yuk avtomobillari va avtobuslar sotilgan, bu ötgan yilning avgust oyiga nisbatan 59,5 foizga köpdir, deb xabar berdi Kazinform. 

Yil boşidan buyon mahalliy dilerlar tomonidan 120 mingdan ortiq avtomobil sotildi, ösiş 60 foizdan ortiqni taşkil qildi. 

Qayd qilinişiça, avgust oyida Hyundai eng yaxşi 10 ta brend orasida yetakçi böldi (4624 ta avtomobil sotildi). Chevrolet ikkinçi (3363 ta), Kia uçinçi (1713 ta) örinni egalladi. Keyingi poğonalarda: Chery (1694), JAC (874), Toyota (825), Changan (768), Haval (752), Jetour (634) va Geely (368). 

Odatdagidek, Chevrolet Cobalt (2030 tasi sotildi) eng ommabop modellar böyiça yetakçilik qilmoqda. Hyundai Tucson (1416) va Kia Sportage (845) yuqori uçlikdan joy olgan. 

Sakkiz oylik natijalarga köra, Hyundai 31381 ta avtomobil sotdi. Chevrolet hisobida 28768 ta, Kia hisobida 16384 ta sotilgan avtomobil bor.