Markaziy bank Özbekistonda banklar va tadbirkorlik sub’yektlari uçun valuta operatsiyalariga çeklovlar joriy etiş töğrisidagi qarorini bekor qildi. 16 sentabr kuni Markaziy bankda bölib ötgan matbuot anjumanida regulyator raisi Mamarizo Nurmurodov jamoatçilikning keskin noroziligidan keyin bu qaror bekor qilinganini aytdi.
“Bu qaror keskin muzokaralarga sabab böldi. Eng asosiysi, bu qaror böyiça biz ma’lum bir ijobiy qaraşlarni körmadik. Şu narsani aytiş kerakki, jamiyat qabul qilmagan qaror - notöğri qaror. U qaysi maqsadga yönaltirilgan bölişidan qat’i nazar… xuddi şu tamoyildan kelib çiqib keçasi bilan öylab bu qarorni bekor qildik”, – dedi Mamarizo Nurmurodov.
MB raisining qöşimça qilişiça, banklarga ehtimoliy xavfning oldini oliş uçun körsatma berilgan.
“Töğri tuşuniş kerak, Markaziy bank mustaqil, buni ta’minlaş kerak deysizlar-u, qarorlarni jamiyat bilan muhokama qiliş kerakligini aytasiz. Jamiyat bilan muhokama qilinadigan qarorlarimiz bor – u alohida. Bunda esa bevosita bankning faoliyatidagi kamçiligini körsatib, töğrilaşni aytyapmiz. Buning bank mijoziga daxldor joyi yöq. Bank nazoratni kuçli qila olmagani uçun, xavf kelyapti, şuning oldini oling degan ma’noda banklarga berilgan körsatma edi”, - dedi Nurmurodov.
Markaziy bank valuta operatsiyalari böyiça qarorini sanksiyaviy komplayens bilan izohladi

















