UzAuto Motors kompaniyasi avtomobillarning qöşimça hajmi uçun kontraktatsiya oçilganini ma’lum qildi.
“Işlab çiqariş hajmini oşiriş böyiça körilgan çora-tadbirlar samarasi ölaroq, barça mavjud ranglardagi Chevrolet Cobalt, Lacetti, Damas va Labo avtomobillarining qöşimça partiyasini işlab çiqariş va sotiş imkoniyatlari ham işlab çiqildi”, – deyiladi kompaniya xabarda.
Qayd etilişiça, bugun, 18 sentabr kuni UzAuto Motors rasmiy saytida körsatilgan komplektatsiya va ranglardagi Chevrolet Cobalt, Lacetti, Damas va Labo avtomobillari uçun kontraktatsiya oçilmoqda. Avtomobillar soni çeklangan.
Avtomobillar uçun şartnomani faqat Çevrolet'ning dilerlik markazlarida tuziş mumkin. Avval mavjud bölgan onlayn şartnoma tuziş imkoniyati hozirda yöq.
UzAuto Motors avtomobillarni yetkazib beriş muddatini qisqartiriş maqsadida işlab çiqariş jadvaliga muvofiq savdo tizimi joriy etilayotganini eslatgan. “Barça tuzilgan şartnomalar böyiça avtomobillar qisqa vaqt içida öz egalariga yetkazib beriladi”, – deya ma’lum qilgan kompaniya.
Rasmiy xabarda qöşimça qilinişiça, agar bir şaxs nomiga yiliga bir xil model uçun 2 tadan ortiq avtomobil xarid qilinsa, kompaniya şartnomaning 3.1.2 bandiga asosan avtomobillarni yetkazib beriş muddati uzaytiradi.
Eslatib ötamiz, monopol işlab çiqaruvçi yuqorida sanab ötilgan modellarning içki bozordagi sotuvini 8 oy töxtatib qöyib, avgust oyi boşida çeklangan miqdorda (50 mingdan ortiq) avtomobilni sotuvga çiqargan va bu sotuv jarayoni bir sutka ham davom etmay, barça şartnomalar tuzib bölingani vaji bilan töxtatilgan edi. Bunda, 5 avgust kuni tongdan avtosalonlarda ajiotaj












