Amerikaning New York Times gazetasi mualliflari Konstantinovka shahri markazidagi bozorga yo‘llangan zarba katta ehtimol bilan ukrainlarning mo‘ljaldan adashgan raketasi orqali berilgan, degan xulosaga kelgan maqolani e’lon qildi.
6 sentabr kuni Donetsk oblastining Konstantinovka shahrida ro‘y bergan portlash oqibatida kamida 15 kishi halok bo‘lib, 30 dan ortiq kishi yaralangan. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy zarbada Rossiya armiyasini ayblagan.
Ammo New York Times jurnalistlari guvohlarning so‘zlari, raketa qoldiqlari va raketa uchirilgan joydagi izlarni o‘rgangan holda boshqa xulosaga kelishgan.
Shu bilan birga, NYT maqolasi mualliflari «Ukrainaga bosqin vaqtida Rossiya bir necha bor va tizimli ravishda fuqarolarga hujum qilib, maktablar, bozorlar va turar joylarga zarba bergani, bu esa aholini qo‘rqitish uchun amalga oshirilgan taktika bo‘lgani»ni qayd etgan. RF armiyasi xuddi shu Konstantinovka shahrini 2023 yil aprelida o‘qqa tutishi oqibatida olti kishi halok bo‘lgani eslangan.
Ammo Konstantinovkada 6 sentabr kuni ro‘y bergan fojia holatlari bozorda ukrainlar raketasi portlaganidan darak bermoqda, degan NYT muxbirlari.
«Zarbadan keyin Ukraina hukumati New York Times jurnalistlari jabrlangan hududga kirishi va raketa parchalarini qo‘lga kiritishiga to‘sqinlik qilishga urindi. Ammo keyinroq reportyorlar voqea joyida bo‘lib, guvohlardan intervyu oldi hamda qo‘llangan qurol qismlarini yig‘ishdi», — deyilgan surishtiruvda.
NYT tadqiqoti mualliflari qayd etishicha, ularda ukrainlar raketasi qanday qilib Konstantinovkaga kelib tushib portlagani haqida ma’lumot yo‘qligini bildirishgan. Ammo bu elektronika nosozligi yoki uchirish vaqtida dum qismidagi shikastlanish tufayli raketa belgilangan kursdan og‘ib ketgani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Zarba, katta ehtimol bilan, baxtsiz hodisa oqibati bo‘lgan, deyiladi maqolada.
Raketa shimoli-g‘arbdan uchib kelganmi?
Zarbadan ko‘p vaqt o‘tmay Conflict Intelligence Team tadqiqot guruhi asoschisi Ruslan Leviyev Konstantinovkadagi portlash aks etgan va prezident Zelenskiy tarqatgan videoni tahlil qilgan holda raketa katta ehtimol bilan ukrain armiyasi pozitsiyalari joylashgan shimoli-g‘arb tomondan uchib kelganini



















