Ukraina mudofaasi böyiça aloqa guruhining ön beşinçi yiğilişi («Ramştayn» formati) Ukrainani «uzoq muddatda işonçli va qobiliyatli jangovar kuçlarni» yaratişda qöllab-quvvatlaşga bağişlandi, dedi 19 sentabr, seşanba kuni AQŞ mudofaa vaziri Lloyd Ostin. 50 mamlakatdan kelgan yuqori lavozimli siyosatçilar va harbiy amaldorlar AQŞ harbiy-havo kuçlarining Germaniyadagi bazasida uçraşib, Ukrainaning qarşi hujumini muhokama qildi. «Jasoratli ukrainalik askarlar Rossiya armiyasining mustahkam çiziğini yorib ötmoqda, vaqt esa Rossiya tomonida emas», deya ta’kidladi Pentagon rahbari.
Öz navbatida, Germaniya Mudofaa vazirligi qoşidagi parlament davlat kotibi Simte Myoller yaqin oylar sovuq havo va yomğirli mavsum boşlanişi sababli Ukraina Qurolli kuçlari uçun «juda oğir» bölişini ta’kidladi. Uning sözlariga köra, Germaniya joriy yil oxirigaça 10 ming ukrainalik harbiyni tayyorlaş niyatida. Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius koronavirusga çalingani uçun sönggi daqiqada uçraşuvdagi iştirokini bekor qildi. Bir kun oldin u Berlinning Ukrainaga yangi harbiy yordam paketini e’lon qildi - 400 million yevrolik. Simte Myoller uçraşuv çoğida uşbu paketga birinçi navbatda öq-dorilar, şuningdek, qişki formalar va elektr generatorlari kirişini ta’kidladi.
«Ramştayn» uçraşuvida ilk bor Ukrainaning yangi mudofaa vaziri Rustem Umerov iştirok etdi. Lloyd Ostin sentabr oyi boşida lavozimidan çetlatilgan sobiq vazir Oleksiy Reznikovga «qattiq mehnati va fidoyiligi» hamda «erkin Ukraina uçun qilgan barça işlari» uçun minnatdorçilik bildirdi.
«Ramştayn» iştirokçilari Ukraina uçun qurollarni muhokama qildi
AQŞ mudofaa vaziri Amerikaning M1 Abrams tanklari yaqin orada Ukrainaga yetib borişini ma’lum qildi. Joriy yil boşida Vaşington Kiyevga 31 ta tank topşirişga va’da bergan edi. AQŞning yuqori martabali harbiy amaldori AFP agentligiga uçraşuv çoğida M1 Abrams’ning birinçi partiyasi «yaqin kunlarda» Ukrainaga jönatilişi va jarayon yaqin bir neça hafta içida yakunlanişini aytdi. Tanklar 120 mm kalibrli zirhni teşuvçi kam boyitilgan uranli öq-dorilar bilan jihozlanadi. Lloyd Ostin, şuningdek, ittifoqçilarni Ukrainaga havo hujumidan mudofaa tizimlari va raketalarni yetkazib berişga alohida e’tibor berişni davom ettirişga çaqirdi.
Çexiya, Daniya va Niderlandiya Ukrainaga yangi qurol-yaroğ yetkazib berişini e’lon qildi, jumladan, Sovet Ittifoqida işlab çiqarilgan 15 ta modernizatsiya qilingan T-72YeA tanklari, şuningdek, zirhli transport vositalari, havo hujumidan mudofaa tizimlari va öq-dorilar topşiriladi.

















