Xitoyning Çjuxay şahrida ulkan noma’lum uçar jism (NUJ) şaklidagi dunyodagi eng yirik dengiz ilmiy parki Chimelong Spaceship oçildi. Okeanariumda 100 mingdan ortiq dengiz hayvonlari yaşaydi.

Chimelong dengiz parkining umumiy uzunligi 650 m, maydoni esa taxminan 40 ming kvadrat metrni taşkil qiladi. Okeanarium kuniga 50 mingdan ortiq tomoşabinni qabul qilişi mumkin. Unda dunyodagi eng katta akvarium displeyi va dunyodagi eng katta jonli marjon akvariumi, şuningdek, eng katta dengiz muzeyi joylaşgan. Umuman olganda, 15 tematik zonaga bölingan parkda 300 ga yaqin dengiz hayvonlari, şuningdek, 100 turdagi tirik marjonlar yaşaydi.

Boğda şuningdek, diqqatga sazovor joylar mavjud. Masalan, Osiyoning suv resurslari va ekotizimlariga bağişlangan «Galaktika qöriqçilari» filmi bilan öxşaşliklarga ega «Kosmos dunyosi», şuningdek, «Bermud sarguzaştlari» simulyatori, unda tomoşabinlar böron markaziga tuşib qoladilar.


Chimelong dizayni 10 yil davomida tayyorlandi va 5 yil davomida qurildi. Bino qurilişi Xitoydagi boşqa yirik istirohat boğlariga egalik qiluvçi Chimelong Group kompaniyasiga 1,1 milliard dollarga tuşdi.
Chimelong Spaceship ilmiy parki Çjuxayda qurilayotgan ulkan köngiloçar boğning bir qismi böladi. Töqqiz yil oldin bu yerda «Okean qirolligi» mavzusidagi akvapark oçilgan edi. Yana ikkita yirik obekt, jumladan, safari boğini quriş ham rejalaştirilgan.













