Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 20 sentabr kuni Nyu-York şahriga taşrifi doirasida Qöşma Ştatlarning eng yirik Citigroup moliyaviy korporatsiyasi raisi Jon Dugan bilan uçraşdi. 

Davlat rahbari Özbekiston banklari va davlat korxonalari obligatsiyalarining xalqaro fond bozorlarida muvaffaqiyatli joylaştirilişiga kömaklaşgan korporatsiya bilan samarali hamkorlik yölga qöyilganini mamnuniyat bilan qayd etdi. 

Uçraşuvda bank-moliya sohasini rivojlantiriş, fond bozoridagi qimmatli qoğozlar jozibadorligi va likvidligini oşiriş uçun samarali vositalarni joriy etiş, mamlakatimiz kapital bozoriga xorijiy investitsiyalarni jalb qiliş borasida özaro manfaatli hamkorlik masalalari muhokama qilindi. 

Mirziyoyev Citigroup tomonidan Özbekistonda Citibank şu’ba banki ofisini oçiş böyiça rejalarini qöllab-quvvatladi. 

AQŞ korporatsiyasi bilan hamkorlikni kengaytiriş böyiça ta’sirçan mexanizmlar va aniq ijro muddatlarini körsatgan holda «yöl xaritasi»ni qabul qilişga kelişib olindi.