Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda 10 ming dollarga fuqaroni qamoqdan chiqarib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
U kelishilgan puldan 5 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Samarqand viloyatida ehtiyot chorasini o‘zgartirib berish evaziga pul talab qilgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.
Qayd etilishicha, departament hamda DXXning Past Darg‘om tumani bo‘limlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda A.O. ismli shaxs fuqaro M.Sh.ning ishonchiga kirib, uning turmush o‘rtog‘i A.U.ga nisbatan jinoyat ishi doirasida qo‘llangan qamoqqa olish ehtiyot chorasini tanishlari yordamida 10 ming dollar evaziga o‘zgartirib, qamoqdan chiqarib berishni va’da qilgani ma’lum bo‘lgan.
A.O. kelishilgan puldan 5 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
12:17 / 13.07.2026
Urgutda prokuror o‘rinbosari qo‘lga olindi
23:09 / 04.07.2026
Zarafshon daryosi “chegaradan chiqdi”: temiryo‘l loyihasida bu hisobga olinmaganmi?
19:25 / 03.07.2026
“Zarafshon daryosida suv sarfi keskin oshgani sabab bo‘ldi” – Samarqandda temiryo‘l o‘tkazilgan damba o‘pirilganiga izoh berildi
17:00 / 25.06.2026