O‘zbekiston | 10:30 / 21.09.2023
4086
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Uzbekistan Airways yangi yo‘nalish – Toshkentdan Anqaraga muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda

Foto: Uzbekistan Airways

Uzbekistan Airways bilan Turkiyani yangidan kashf eting. Uzbekistan Airways 4 noyabrdan boshlab Toshkentdan Anqaraga muntazam qatnovlarni amalga oshirishni boshlaydi. Turkiya poytaxtiga muntazam qatnovlar shanba kunlari bajariladi va aviachiptalar sotuvi esa allaqachon boshlab yuborilgan. 

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi parvozlar geografiyasini kengaytirishda va yo‘lovchilarni yangi yo‘nalishlar bilan xursand qilishda davom etmoqda. Endilikda o‘zbekistonliklar Istanbuldan tashqari Turkiyaning boshqa shahri – Anqaraga sayohat qilishlari mumkin! Kichik Osiyoning eng qadimiy shaharlaridan biri sizni qadimiy obidalar, noyob muzeylar va madaniy ziyoratgoh joylarni o‘z ichiga olgan boy tarixiy merosi bilan hayratda qoldiradi va mahalliy aholining mehmondo‘stligi va shaharning energiyasi sayohatingizga o‘ziga xos joziba bag‘ishlaydi. 

Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Toshkent – Anqara – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha birinchi muntazam qatnovi 4-noyabr kuni amalga oshiriladi. HY9291/9292 qatnovlari har hafta shanba kunlari quyidagi jadvalga muvofiq bajariladi:

Toshkentdan jo‘nab ketish soat 06:15, Toshkent vaqti bilan;

Anqaraga yetib borish soat 09:15, Anqara vaqti bilan; 

Anqaradan jo‘nab ketish 10:45, Anqara vaqti bilan;

Toshkentga yetib borish soat 16:50, Toshkent vaqti bilan.  

Toshkentdan Anqaraga aviachiptani 2 152 000 so‘mdan, Toshkent-Anqara-Toshkent yo‘nalishida esa 4 233 000 so‘mdan xarid qilishingiz mumkin!

Aviachiptalarni 3% chegirma bilan aviakompaniya rasmiy www.uzairways.com saytida, UzAirways ilovasi orqali, Uzbekistan Airways Sales filialida yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilishingiz mumkin!

Reklama

Mavzuga oid