Isroil vakili Eron prezidenti nutq sözlayotganda örnidan turdi-da, özi bilan olib kirgan bannerni kötarib minbar tomon yaqinlaşdi. U kötargan qoğozda ötgan yili römolni töğri öramagani uçun qölga olingan va politsiya binosidan öligi çiqqan eronlik qiz Mahsa Aminiyning surati tuşirilgan, ostiga «Eronlik ayollar hozir ozodlikka munosib» deb yozilgandi.
Şu tarzda öziga xos diplomatik isyon qilişga uringan isroillik elçi sammit qöriqçilari tomonidan şovqinsiz bir çekkaga olib çiqildi va uni kuç bilan zaldan çiqarib yuborişdi. Elçini ayol politsiyaçi uşlab turdi, keyinçalik boşqa bir erkak qöriqçi kelib uning hujjatlarini söradi. Öz joyiga qaytişga uringan Isroil vakili zaldan haydab çiqarildi.
E’tiborlisi, Isroilning BMTdagi doimiy vakili Gilad Erdan bunday bir kişilik piket ötkazayotgan bir vaqtda zalda köplab davlat rahbarlari ötirgandi. Ba’zi iştirokçilar nima bölayotganini tuşunmagan bölsa, huşyor jurnalistlar elçining noroziligini suratga olişga ulgurdi.
Gilad Erdan öz sahifasiga banner kötarib çiqayotgani tasvirlangan videoni joyladi. Uning harakatlarini aftidan Isroilning boşqa vakillari videoga olib turgan va barçasi qöriqçilardan uzoq joyda puxta tayyorgarlik bilan amalga oşirilgan. Elçi e’lon qilgan videoda uni qölga oliş jarayoni aks etmagan, bu videoni boşqa manbalar e’lon qildi.
Elçi özining tvitterdagi sahifasida bu borada post ham joyladi. «Eron prezidenti, tehronlik qassob Raisiy nutq sözlay boşlaganida men bir yil avval rejim tomonidan göyoki hijobni notöğri taqqani uçun vahşiylarça öldirilgan aybsiz Mahsa Aminiyning suratini kötarib çiqdim.
Bu vaqtda yuzlab eronliklar BMT binosi taşqarisida norozilik ötkazib, xalqaro taşkilotlardan yordam berişni ötinib söraşdi. Men adolat uçun kuraşişni heç qaçon bas qilmayman va BMTning axloqiy kamçiliklarini foş qilişda davom etaman. Qotillar va antisemitlar uçun qizil gilam yoyganlar qilmişlari uçun javob berişi kerak», deb yozdi elçi öz sahifasida.
Ba’zi manbalarga köra, zaldan olib çiqilgan elçi BMT politsiyasi tomonidan qölga olingan. Ammo köp ötmay Isroil tomoni sörovi bilan qöyib yuborilgan. Isroil vakili bu demarşidan keyin köplab jurnalistlar bilan suhbatlaşgan. Uning aytişiça, BMTning Eron vakiliga söz berişga haqqi yöq. Elçi Isroil davlati Eron xalqini qöllaşi, ular aynan Eron hukumati sabab qiynalayotganini aytgan.














